Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chog‘} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: chog‘-la-moq
Izoh(lar)i:
chog‘ [chog‘ ]

1. Vaqt, davr; payt, kez, kun, on. Tong chog‘i. Terim chog‘i. Shu chog‘. Ayni chog‘da. Yosh chog‘im — oltin chog‘im. Maqol

2. Xursand, shod, yaxshi. Qarg‘a qag‘ etadi, o‘z vaqtini chog‘ etadi. Maqol

3. O‘lchovi, o‘lchami mo‘ljaldan kichik, kichkina. — Marhamat, do‘stlar, — deb dastyor yigit chog‘roq bir barkashda stolga to‘rt six kabob qo‘ydi. N. Qilichev, Chig‘iriq

4. Top. Sahni chog‘ hovli. [Yigitning] Etigi ham, qo‘lqopi ham o‘ziga chog‘ emas, katta. A. Muxtor, Tug‘ilish

5. Kuch-quvvat, qurb; imkoniyat; istak. Chog‘im kelmadi. Tog‘ay devorga behol suyanarkan, ularni quvib yetishga chog‘i kelmasligini sezdi. Yoshlik

6. Kayfiyati juda yaxshi. Go‘ro‘g‘li sultonning dimog‘ini chandon chog‘ qilib yota berdi. Malikayi ayyor

Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: choh – [f] Chuqur o‘ra, quduq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.