Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mo‘ljal} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: mo‘l-jal-la-moq
Izoh(lar)i:
mo‘ljal ot

1. 1. Oldindan ko‘zlab, o‘ylab qo‘yilgan ish, narsa; reja. Bu yilgi mo‘ljal — gektaridan 45 sentnerdan. Ravshanning mo‘ljali — bir kecha tunash, tong otmay Zubayda bilan xayrlashadi. Yoshlik
Hozir ham havoning avzoyi buzildi-yu, mo‘ljaldagi ishini tugatolmay, diqqati oshdi. S. Karomatov, Oltin qum.

2. 2. Chama, taxmin. Latofatning mo‘ljalida Shahob bugun komandirovkadan qaytgan bo‘lishi kerak edi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar.
Mo‘ljalimda Xalachga kechga yaqin kirib borsak ehtimol. Mirmuhsin, Me’mor

3. 3. Nishonga olingan yoki olinadigan narsa; nishon, qora. Mo‘ljalga urmoq. Pulemyot og‘zidan tinimsiz uchib borayotgan o‘qlar to‘ppa-to‘g‘ri mo‘ljalga borib tegar qalin shoxlarni sindirib o‘tardi. A. Rahmat, Ellik bir bahodir

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.