Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yuz}
So‘z bo‘g‘inlari: yuz
Izoh(lar)i:
yuz [yuz ]

1. Odam boshining old tomoni, old tomondan ko‘rinishi; bet. Boshqalar bo‘lsa, Niyoz qushbegining so‘zidan keyin hojining yuziga tikilgan edilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. Inson betining u yoki bu tomoni; yonoq. Ra’no supaga oyoq solintirib o‘tirib oldi. Kampir uni ko‘rib, avval o‘zini yo‘qotib qo‘ydi, keyin bo‘ynidan quchib, u yuzidan, bu yuzidan o‘pdi. A. Qahhor, Ko‘k konvert

3. Biror narsaning ustki tomoni, yuzasi; sirt, sath. Qir yuzini lolalar qoplagan. Ko‘k yuzini bulut bosdi. Oyning yuzida ham dog‘ bor. Maqol

4. Ayrim narsalarning u yoki bu tomoni, tarafi, qirg‘og‘i. — Daryoning bul yuzida qolib, ul yuzidagi yoriga yetolmay qaqshagan badbaxt oshiq sho‘ri boshimda, — dedi G‘ulomjon. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

5. Obro‘, e’tibor; yuz-xotir. [Yusufbek hoji:] Har holda hurmatlarini bajo keltir, Marg‘ilon degan shahardan sening yuzingni deb keladilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

6. Kesish yoki chopish asboblarining tig‘i. Go‘rkov ketmon ursa, yer naq toshday, ketmon yuzini qayiribdi. Oybek, Tanlangan asarlar

7. mat.Tekislik yoki sirtning chiziqlar bilan o‘ralgan qismi; sath. Doiraning yuzi. Uchburchak yuzi. -

8. yokiYuziga qaramaslik (bormaslik) O‘zgaga berish, sarflash va shu kabilarda ayab, hisoblashib o‘tirmaslik. Baraka top, aylanay, yigit degan shunaqa mard bo‘lsa. Besh so‘m, o‘n so‘mning yuziga qaramasa! O. Yoqubov, Tilla uzuk

Antonim(lar)i: mavjud emas.

1. yuz I Son
99 dan keyingi 101 dan oldingi butun son

2. yuz II Ot
odam boshining old tomoni

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ochiq yuz bilan: yaxshi kayfiyat bilan, xushtabiatlik bilan

2. ochiq yuzli: xushtabiat, kayfiyati yaxshi

3. qaysi yuz bilan: qanday qilib, uyalmay

4. yuz ko‘rmas bo‘lmoq: aloqani butunlay uzdi

5. yuz o‘girmoq: 1)boshini burib qaradi 2)qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi 3)aloqani uzdi

6. yuz o‘giz: juda ko‘p

7. yuzaga chiqmoq: 1.ko‘ngildagi istak–rejalar voqelikka aylandi 2.moddiy-ma’naviy ojizlikdan xalos bo‘ldi

8. yuzi chidamaslik: andisha qildi, nomus qildi

9. yuzi chidaydi: nomus qilmaydi, uyalmaydi, andisha qilmaydi

10. yuzi shamgin bo‘lmoq: uyatli holatga tushdi

11. yuzi shuvut bo‘lmoq: uyatli holatda

12. yuzi yorug‘ bo‘lmoq: uyaladigan joyi yo‘q, olqishlashga loyiq

13. yuzidan o‘ta olmaydi: biror ishni qilishga kimningdir ra’yi, xohishi bilan hisoblashdi

14. yuzidan qon tommoq: Sog‘lom, yuzlari qip-qizil kishilarga nisbatan aytiladigan ibora.

15. yuziga oyoq qo‘ymoq: behurmat qilish darajasida hisoblashmaydi

16. yuziga solmoq: aybli deb qaralgan kishining o‘ziga shu haqda kesatib, achitib gapirdi

17. yuzini ochib yubormoq: uyalmaydigan qildi

18. yuzini ters burmoq: qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi

19. yuzini teskari o‘girmoq: qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi

20. yuzini yerga qaratmoq: uyat–nomusdan bosh ko‘tara olmaydigan holatga tushdi

1. Birlik – o‘nlik – yuzlik – minglik
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm ko‘lamining kengligiga ko‘ra)

2. yuz – chehra – jamol – diydor – oraz – uzor – ruxsor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.