1. bet bo‘lmoq: yuzma-yuz bo‘lmoq, ro‘para kelmoq, uchrashmoq.
2. beti chidamadi: andisha qildi, nomus qildi
3. beti chidaydi: nomus qilmaydi, uyalmaydi, andisha qilmaydi
4. beti ochilib ketgan: uyalmaydigan bo‘lgan
5. beti shuvut: uyatli,
6. betiga soldi: aybli deb qaralgan kishining o‘ziga kesatib, achitib gapirdi
7. betlamaslik: nimadandir xavfsirab, biror ishga jazm qila olmaslik
8. qay bet bilan: qanday qilib, uyalmay
9. yuragi betlamadi: nimadandir xavfsirab, biror ishga jazm qila olmaydi