Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {turq}
So‘z bo‘g‘inlari: turq
Izoh(lar)i:
turq ot

1. Tashqi qiyofa, avzo, vajohat (asosan, salbiy munosabat bilan) Turqi sovuq odam. Turqini buzmay gapirmoq. Turqing qursin! Turqingni yel yesin! Turqi buzuq erkaklarning Ur uni [Hojarni]! U qishlog‘imizga isnod keltirdi! deb xuddi hayvondek o‘kirganlari quloqlarim ostida qayta yangradi. H. Nosirova, Men o‘zbek qiziman
Shu vaqt butalar orasidan ket! degan yo‘g‘on tovush eshitildi. Birdan itlarning turqi o‘zgardi-qoldi. S. Anorboyev, Oqsoy
Shirmonxon hovliga chiqdi. Osmon yuzini qoplagan turqi xunuk bulutlarga tashvishli nazar tashladi. S. Zunnunova, Olov
Devor ustida turgan o‘n ikki yoshlardagi bir qiz devordan kesak ko‘chirib olib, mulla Norqo‘ziga o‘qtaldi: — Ha o‘l, turqing qursin! A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
— Oting o‘chkur, — dedi ichida o‘gay ona Umidga tikilib, — hali sen odam bo‘lib qoldingmi! Turishini qara, voy turqingni yel yesin! Mirmuhsin, Umid

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yuz , ko‘rinish
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.