Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {diydor}
So‘z bo‘g‘inlari: diy-dor
Izoh(lar)i:
diydor ot

1. 1. Kishining yuzi, jamoli, ruxsor; bashara. Azizxon hech kimning Lutfiniso diydoriga to‘yib qarashini istamasdi. S. Ahmad, Ufq
Sakkiz oydan beri endi ko‘rib o‘tiribman diydoringizni. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Ko‘zim ololmayman gul diydoringdan, Tolgan yuraklarga jon bo‘lur payvand. Mirtemir, Asarlar

2. ko‘chma hma Uzoq ayriliq, sog‘inchdan keyin ko‘rishish, uchrashish. Xat — yarim diydor. Maqol
Ayriliklarni ko‘raverib zada bo‘lgan yuraklar bu kutilmagan diydordan larzaga tushdi. Sharq yulduzi

3. ko‘chma hma Mehribonlik, g‘amxo‘rlik. Nima qilasiz go‘dakni ota diydoridan mahrum qilib. S.Ahmad, Ufq
Do‘stlar diydoridan ortiq quvonch, firoqidan ortiqroq g‘am yo‘q. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yuz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. diydor ko‘rishdi: bir-birini oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin ko‘rdi

1. yuz – chehra – jamol – diydor – oraz – uzor – ruxsor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.