Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ruxsor}
So‘z bo‘g‘inlari: rux-sor
Izoh(lar)i:
ruxsor ot

1. 1. Kishining yuzi; bet; aft-angor, chehra. Xurosonda bir darboza bor, Ostonasi gulga ko‘milgan, Unda yashar bir pari ruxsor. E. Vohidov, Muhabbat
Bir zumlik bezovta o‘ylar so‘ngida Yana ruxsoringga tikilaman jim. A. Oripov, Yurtim shamoli
Rangi siniqib, tarang ruxsoriga ajin tushdi. S. Karomatov, So‘nggi barxan
Uning ruxsori Ahmadga tanishday tuyuldi. Yoshlik

2. ko‘chma hma Ko‘rinish, qiyofa. Hozirgi Mirzacho‘lning ruxsori bus-butun bo‘lakcha. M. Jo‘ra, Quyoshdan nur emganlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yuz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. yuz – chehra – jamol – diydor – oraz – uzor – ruxsor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.