1. Yuz, bet, aft-angor; siymo. Ular xuddi egizaklardek, chehralari bir-biriga g‘oyat o‘xshar, gavdalari qariyb farqsiz, ko‘rinishda yuvosh odamlar edi. Oybek, Quyosh qoraymas
2. Kishi kayfiyati, ruhiy holati yoki xulq-atvorining yuzdagi aksi. Chol soqolini qirib, yangi kombinezon kiyib olgan. Uning chehrasi ochiq, nimadandir xursand. I. Rahim, Chin muhabbat
1. chehrasi ochiq: xushtabiat, kayfiyati yaxshi
2. chehrasini ochdi: 1)xafachiligining tarqaganini ko‘rsatdi
3. ochiq chehra bilan: yaxshi kayfiyat bilan, xushtabiatlik bilan
4. ochiq chehrali: xushtabiat, kayfiyati yaxshi
1. yuz – chehra – jamol – diydor – oraz – uzor – ruxsor Bo‘yog‘iga ko‘ra (bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)