Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jamol}
So‘z bo‘g‘inlari: ja-mol
Izoh(lar)i:
jamol [ja-mol ]

1. Husn, ko‘rk, chiroy. Bu bahorning xazoni yo‘qdir. Kun sayin to‘lishar jamoli. Uyg‘un

2. Chiroyli yuz, chehra. G‘ulomjon uning jamolini ko‘rib, surat bo‘lib qoldi. O‘n besh-o‘n olti yoshlarda, yuzlari shirmonday chiroyli qiz edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

3. Jamol (erkaklar va xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yuz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Chiroyli – go‘zal – husnli – xushro‘y – ko‘rkam – barno – suluv – zebo – sohibjamol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

2. yuz – chehra – jamol – diydor – oraz – uzor – ruxsor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.