Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bo‘sh}
So‘z bo‘g‘inlari: bo‘sh
Izoh(lar)i:
bo‘sh sf

1. 1. Ichida hech narsasi bo‘lmagan; quruq. Bo‘sh idish. Bo‘sh qop tik turmas. Maqol
Kelinni olib kelishga ketgan aravalar bo‘sh qaytibdi. S. Ahmad, Ufq
U bo‘sh savat, xurjun ko‘tarib olgan edi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Soy bo‘yida turgan bo‘sh ko‘zani yom-g‘ir chertib-chertib qo‘yadi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

2. 2. Kimsadan yoki narsadan xoli, hech kim yoki hech narsa yo‘q. G‘ijduvonning bozor kuni bo‘lganiga qaramay, bozor joyi butunlay bo‘sh edi. S. Ayniy, Qullar

3. 3. Band bo‘lmagan, ishg‘ol etilmagan, bekor. Bo‘sh o‘rin. Bo‘sh yer. Bashirjon olazarak bo‘lib, joy qidirdi. Xayriyat, chekkaroqda bitta stul bo‘sh ekan. N. Aminov, Qahqaha
Hashamatli binoda bironta bo‘sh joy qolmagan. Sharq yulduzi
Bo‘sh o‘rin axtarib, o‘rtada turib qoldi. E. Samandarov, Daryo-sini yo‘qotgan qirg‘oq
Daraxt soyasidagi bo‘sh o‘rindiq tomon yurishdi. Yoshlik

4. 4. Ish bilan band bo‘lmagan, ishdan xoli; bekor, beish, ishsiz. Bo‘sh kun. Bo‘sh vaqt. Jindak tinch, bo‘sh vaqt bo‘p qolsa, bas, u darhol kitobga yopishardi. T. Rustamov, Mangu jasorat
Bo‘sh bo‘lsangiz, Mingo‘rikka qimizga borar edik. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Otinoyi birdan-bir hunari va bo‘sh qolgandagi ovunchog‘i — charxni g‘arillatishga kirishadi. P. Tursun, O‘qituvchi

5. 1. Salga uzilib, yulinib yoki yirtilib ketadigan, pishiq-puxta emas, jonsiz. Bo‘sh ip. Bo‘sh arqon. Bo‘sh latta. Suxsur degan qush bo‘lar, Tortsam, pati bo‘sh bo‘lar. Oq olma, qizil olma.

6. 2. Salga sinib, uvalanib, ezilib ketadigan, yumshoq. Bo‘sh kesak. Bo‘sh yer. Bo‘sh yong‘oq. Bo‘sh yog‘ochni qurt yer. Maqol
Bu yoqning toshi u yoqniki singari qattiq, yaxlit emas, juda bo‘sh, g‘o‘rasha edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

7. 3. Kuchsiz, zaif; ohista. Bo‘sh ovoz. Anvar yuzini tutib berdi. Ra’no uning yuziga bo‘shgina urib qo‘ydi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
G‘oyaviy bo‘sh, badiiy oqsoq asarlar o‘z bahosini olayotir. Gazetadan
Sen, bolam, hali ko‘p yoshsan, Urush qilmoqqa sen bo‘shsan. Malikayi ayyor

8. 4. Qattiq siqilmagan, tarang tortilmagan, pishiq-puxta bog‘lanmagan; erkin. Dutorning torlari hali bo‘sh. Mashinaning tormozlari bo‘sh ekan. Qamishni bo‘sh ushlasang, qo‘lingni qiyadi [dedi Allonbiy]. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Sendan battar qilib meni bog‘lagan. Bo‘sh bo‘lganda so‘rar edim holingni. Shirin bilan Shakar

9. ko‘chma hma Gapni, ishni eplay olmaydigan; qattiqqo‘llik, talabchanlik qila olmaydigan; o‘z haq-huquqini talab qila olmaydigan, bo‘shang, landavur. Bo‘sh rahbar. — Bo‘shsiz, laqmasiz! — og‘zini ko‘pirtirdi Mastura. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Sen bo‘shsan, lattasan, urg‘ochisan! Pul sanashdan boshqasiga yaramaysan. X. To‘xtaboyev, Yillar va yo‘llar

10. 6. Bo‘sh qaramoq Qattiqqo‘llik, talabchanlik ko‘rsatmay ish tutmoq. Uning bir qism g‘o‘zasi suvdan qolib, qatqaloq bosgan ekan, yuziga solib: — O‘zingiz xo‘b pishiq dehqonsiz-ku, odamlarga bo‘sh qarabsiz-da — deb yomon izza qildi. H. Nazir, Mayoq sari

11. 7. Puxta, bilimdon, omilkor bo‘lmagan; zaif. Matematikadan juda bo‘shman. Arab-boy o‘qishda juda bo‘sh. U o‘qishda juda bo‘sh, ammo g‘irromlik va shumlikka abjir. P. Tursun, O‘qituvchi
Rohat xola ayvonda sabzi artib, kelinini koyirdi: — Bo‘shsiz, bolam, bo‘shsiz! Guldasta

12. 8. Yetarli asosga ega bo‘lmagan; puch, xom. Bo‘sh xayollar. Endi uning xayolida hamma narsa bo‘sh va ma’nosiz edi. Oybek, Tanlangan asarlar
San bo‘sh xayol qilma, Man hech bir vaqt sandan ajralmam. Hamza

13. 9. Bo‘sh kelmoq Yutqizmoq, yengilmoq, yon bermoq (bahs, kurash, jang va shu kabilarda). Kurashda qaytadi deb o‘ylaysanmi, axir biz hali bo‘sh keladigan yigitlardan emasmiz. M. Qoriyev, Oydin kechalar
Lekin endi To‘rt-ko‘z ham bo‘sh kelmadi. S. Anorboyev, Ham-suhbatlar
Odatda oftob bilan oshno kishi uncha-muncha kasalliklarga bo‘sh kelmaydi. Gazetadan

Sinonim(lar)i: bekor [f-t], yumshoq

1. bo‘sh I Sifat
tarang tortilmagan; yetarli asoslanmagan; talabchan emas (bo‘shtob, bo‘sh-bayov)

2. bo‘sh II Sifat
pishiq bo‘lmagan lapashang

3. bo‘sh III Sifat
ichida hech narsa yo‘q; band qilinmagan; yumshoq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. bo‘sh ketmoq: bekor ketmoq, zoye bo‘lmoq

2. ko‘ngli bo‘sh: ko‘ngilchan, rahmdil

3. ko‘ngli bo‘shadi I: ruhiy kechinmalar ta’sirida yig‘lab yuborish holatiga yetdi

4. ko‘ngli bo‘shadi II: xo‘rligi keldi

5. ko‘ngli bo‘shashdi: ruhiy kechinmalar ta’sirida yig‘lab yuborish holatiga yetdi

6. ko‘nglining bo‘shligi: ko‘ngilchan, rahmdil ekanligi

7. yuragini bo‘shatmoq: ichida yig‘ilib qolgan hasrat-nadomatini aytib, yig‘lab, ruhan yengillashib oldi

1. Bo‘shashmoq – shalviramoq – shalpaymoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Lapashang – lavand (lavang) – epashang – bo‘shang – landavur – noshud – so‘tak – bo‘sh-bayov – latta
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.