Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yomon}
So‘z bo‘g‘inlari: yo-mon
Izoh(lar)i:
yomon [yo-mon ]

1. Sifatsiz, sifati past. Bilaman, tillarning yomoni yo‘qdir, Har tilning o‘z ko‘rki, ulug‘ligi bor. Shuhrat

2. Biror ishni eplay olmaydigan, uquvsiz, tajribasiz. Yomon suvoqchi. Yomon xodim. Yomon tashkilotchi. -

3. Axloqsiz, fe’l-atvori yaramas; buzuq niyatli. Yomon kishi ekansiz-ku! S. Ahmad, Ufq

4. Og‘ir, xatarli. [Homidning] Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab yotibdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. Ayb, gunoh. Voy o‘lmasam, Zubaydaxon, tasaddug‘ingiz ketay, nega tik turibsiz? Ostonada-ya! Ostonada turish yomon bo‘ladi, qizim, joyingizni bilib o‘tiring \dedi Hamza]. K. Yashin, Hamza

6. Notinch, behalovat. Bugun Ahmad juda yomon uxladi. F. Musajonov, Himmat

7. Noxush, yoqimsiz; sovuq. Doktorning kayfiyati yomon shekilli, salomimga yarasha alik oldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

8. Xavfli, xatarli; falokat keltiruvchi. Abdishukur sekingina ming‘irladi: — Gap ittifoqda, bahamjihat bo‘lishda, ukam! Oraga fitna solish yomon narsa. Oybek, Tanlangan asarlar

9. F. Musajonov, Himmat. Ko‘k qurt! Yomon ofat. G‘o‘zaning zavoli. R. Azizxo‘jayev, Yashil chayla

10. Salbiy, yoqimsiz, bexosiyat; xunuk. Begoyimning qotma yuzi tirishdi. Yomon narsani ko‘rgan kishiday jirkanib: — Quvib chiqaring juvon o‘lgurni! — dedi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

11. Nosog‘lom, kasal; lanj. Hech qayerim jiddiy lat yemagan bo‘lsa ham, o‘zimni yomon his qildim. O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv

12. Ayyor, makkor, quv; ishbilarmon, epchil. Ona yomon, bir narsaga kirishsa — qo‘ymaydi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

13. O‘quv-o‘qituv ishlarida eng past baho. Maktabda yomon baho olsam yo ikki kun darsga bormasam, butun sinf oyoqqa turardi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

14. Qattiq, kuchli; juda, nihoyatda. Inoyat oqsoqol uni ko‘pchilik o‘rtasida yomon haqorat qilgan edi. S. Ahmad, Ufq

Antonim(lar)i: besh , a’lo , yaxshi , xo‘b [f]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. yomon ko‘rmoq: 1) sevmaydi, izzat-hurmat qilmaydi 2) yoqtirmaydi

2. yomondan yorti qoshiqmoq: Oxirigacha yeb-ichib qo‘ymay, ozgina qoldirilgan holatga nisbatan aytiladigan ibora.

3. yomonning kuchi yapaloqqa yetar: O‘zidan kichik yoki kuchsizga ozor beruvchi kishiga nisbatan aytiladigan ibora

1. Yomon – badbo‘y – sassiq – qulansa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yoqining ortib borishiga ko‘ra)

2. YOmon – nochor – xarob
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

3. Yomon – qoniqarli – yaxshi – a’lo
Ma’nosiga ko‘ra
(baho darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.