1. 1. Nojo‘ya xatti-harakati, yurish-turishi bilan el nazaridan qolgan; yaramas, razil.
Rasvo odam.
▬
Tavba, — dedi u o‘ziga-o‘zi, — yarim soat ichida ikki rasvo odam bilan uchrashsam-a. Hayotida hech mahal bunchalik yaramas tasodifga yo‘liqmagan edi.
Mirmuhsin, Umid
1.
2. 2. Juda ham yomon, tanqiddan tuban.
Rasvo gap.
3. 3. Juda ham yomon, yaramas; nokas.
Uning xunukligi ustiga ikki dunyosi ham rasvo — hasadchi edi. Mirmuhsin.
▬
Bojasi rasvo ekanini bilardim.
Shukrullo, Saylanma
Jaydari g‘o‘zaday mijg‘ov, rasvo ekinni dehqon bolasi bilmasa kerak.
G‘. G‘ulom, Aliqulning qarzi
4. 4. Izdan chiqib ketgan, yomon ahvolga tushib qolgan; yomon, pachava.
[O‘rmon Dadavoyga:] Qayerdaki intizom mahkam, u yerda ish yirik. Qayerdaki intizom buzildi, u yerda ish rasvo.
Uyg‘un, Navbahor
Ishni rasvo qildi-ku Padar la’nat Toshbaqa.
Yoshlik
5. 5. Buzuq, badaxloq.