Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {a’lo}
So‘z bo‘g‘inlari: a’-lo
Izoh(lar)i:
a’lo [a’-lo ]

1. Sifati, fazilati va sh.k. jihatidan eng yuqori; asil. Maktabda Sattorni hamma yaxshi ko‘rardi: zehnli, o‘qishda ham, xulqda ham a’lo bola edi. O‘. Usmonov, Qismat

2. O‘quv yurtlarida: besh balli tizimda eng yuqori baho. Xo‘p, hozir ko‘ramiz.. “Yaxshi!“.. “O‘rta“.. “O‘rta“.. Qani “a’lo“? Ruschadan nima uchun yaxshi? A. Qahhor. Ayb kimda?

3. A’lo (erkaklar va ayollar ismi).

Antonim(lar)i: ikki , yomon
Sinonim(lar)i: afzal [a][a], yuqori
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: allo Telefon qo‘ng‘irog‘iga ilk javob so‘zi
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Afzal – ortiq – ustun – yuqori – a’lo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Qoniqarsiz – o‘rta – yaxshi – a’lo
Ma’nosiga ko‘ra
(baho belgisiga ko‘ra)

3. Yomon – qoniqarli – yaxshi – a’lo
Ma’nosiga ko‘ra
(baho darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.