Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yaramas}
So‘z bo‘g‘inlari: ya-ra-mas
Izoh(lar)i:
yaramas sf

1. 1. Yaramoq fe’lidan sifatdosh. Bo‘ynidan boylangan it ovga yaramas. Maqol

2. 2. Axloq-odob, qoida, tartib me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan; bo‘lmag‘ur. Kayf ta’sirida shunday yaramas ishlar qilinadiki, terining qalinligiga qaramay, titrashga to‘g‘ri keladi. Gazetadan
Xo‘sh, tarbiya o‘chog‘ida qachongacha bu yaramas holat davom etadi. Mushtum

3. 3. Ishi, fe’l-atvori axloq-odob me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan; axloqan nobop, buzuq. Shubha-yu bad olish, yaramas kimsalarning fitnasi bizni podsho qahriga giriftor qildi. Mirmuhsin, Me’mor
Hoy, qanaqa yaramas bolasan, tush tomdan. He, axloqsiz! S. Ahmad, Saylanma

4. 4. Shunday xulq, xislatga ega bo‘lgan shaxsga nisbatli haqorat uchun qo‘llanadi. To‘xta, deyapman senga, yaramas! Hozir mushukday derazadan otib yuboraman! S. Siyoyev, Otliq ayol
Ko‘zimga ko‘rinma, yaramas J. Abdullaxonov, Xonadon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ablah – yaramas – razil
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. Bo‘lmag‘ur – be’ma’ni – noma’qul – nodurust – tuban – jirkanch – rasvo – yaramas – razil – qabih
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kam-ortiqligiga ko‘ra )

3. Vijdonsiz – noinsof – yaramas – muttaham
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

4. Yaramas – nomard – ablah – iflos – razil – badkor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.