1. Uncha mos, muvofiq emas; qo‘l kelmaydigan, nomuvofiq, yaroqsiz.
Ayrim qishloq kutubxonalari nobop va ko‘rimsiz xonalarga joylashgan.
Gazetadan
2. Unchalik shay emas, buzuq.
— Dehqon aka, ehtiyot bo‘ling, aravangiz nobop — boshini chayqab gapirdi Yo‘lchi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. Xulq-atvori, yurish-turishi yomon, yaramas.
Yo‘q, u bola ko‘p nobop chiqdi, shariatga shak keltiradir.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
4. Notinch, noqulay.
Bir oz jimlikdan so‘ng Ravshan gapira boshladi: — Bo‘ri aka, zamon nobop, deb tunov kun Abdurahmon aka aytgan gaplar qulog‘im ostidan hali-hali sira nari ketmaydi. Atrofga qarab, odamni vahm bosadi.
S. Karomatov, Bir tomchi qon