Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chatoq}
So‘z bo‘g‘inlari: cha-toq
Izoh(lar)i:
chatoq [cha-toq ]

1. Qoniqarsiz, yomon; yaxshi emas. Qarang, qanday ajoyib xislatlarim bor. Lekin siz ishga olmaysiz meni. Chunki menga ishonmaysiz — Tal’at: Yaxshi gapirdingiz Faqat mashina uchramagani chatoq bo‘ldi-da. Aksiga yuradi o‘zi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. Mushkul, qiyin. Tantiboyvachchaning nafasi ichiga tushib ketdi, lekin bu o‘ng‘ay-siz, chatoq ahvoldan qutulish uchun o‘zini bilmaslikka oldi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Xato, noto‘g‘ri. tabelchi ham xuddi jo‘rttaga qilganday, uning nomini yo tu-tilib aytar yoki chatoq o‘qib, ikki marta takrorlar edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. Qaysar, o‘jar; qitmir, ishkal qidiruvchi. Yer to‘g‘risida bir chatoq odam bilan sudlashib yurgan edi, sud ishni buning zarariga hukm qilganmikan, deb o‘yladi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.