Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {toza}
So‘z bo‘g‘inlari: to-za
Izoh(lar)i:
toza sf

1. 1. Kir, chang, ifloslik va shu kabilardan xoli (xoli qilingan), ozoda, pokiza. Toza idish. Toza kiyim. Toza uy. Toza kiyinmoq. A’zoyi badanimni Xo‘p yaxshilab yuvaman. Tirnog‘imni, tishimni Doim toza tutaman. Uyg‘un
Qo‘llarini toza sochiqlarga artishdi. K. Yashin, Hamza

2. 2. Chang-g‘ubordan xoli; beg‘ubor, sof, musaffo. Toza osmonda yulduzlar charaqlaydi. S. Nurov, Narvon
Toza havodan to‘yib nafas oldi. S. Siyoyev, Avaz
Har taraf sof, toza maysa-ko‘kat G‘ayratiy

3. 3. Aralashmalardan xoli; sof, asil. Toza oltin. Mana bu durmi? Juda toza ekan, Nuri opamda ham bor-a? Oybek, Tanlangan asarlar
Gulnor kelgach, u Yo‘lchi bilan qizga shivirladi: — Mana bu juda toza choy. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Xirildoq va shu kabilar kamchiliklardan xoli, jaranglab chiqadigan tovush, ovoz haqida. Oshna ashulalarning dilrabo kuyi, hofizning toza va shirali ovozi Elmurodning yuragiga bahor nash’alaridek quyildi. Shuhrat, Shinelli yillar

5. ko‘chma hma Dog‘ tushmagan, bulg‘anmagan; sof, pok. Toza vijdon. Toza nom. Toza qalbda dog‘ bo‘lmas. Maqol
Murzin yanada qizishib, bo‘rtib, davom etdi: — Men uni yaxshi bilaman. U yaxshi qiz, ko‘ngli toza. Shuhrat, Shinelli yillar

6. rvsh. sh. Juda ham, rosa. Toza charchadik. Sizni toza kutdik. Yigit-qizlar xolaning gaplariga toza kulishdi. N. Safarov, Oliyaxon Sultonova
Bechora! Qallig‘ini ko‘raman, deb toza baloga qolgan ekan! P. Tursun, O‘qituvchi

7. shv. hv. Yangi. Toza maktab ochsang, kofir deydi, gazeta o‘qisang, dahriy deydi. J. Sharipov, Xorazm
To‘rani olajak toza xotinidan sovitib berasiz. J. Sharipov, Xorazm
Matpano: — Tag‘in kelaman, og‘a, toza gap bo‘lsa, yetkazaman, o‘ksimay yuring, — deb peshinlatib jo‘nadi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ko‘ngli toza: yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan

2. yuragi toza: yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan

1. Afif – pokiza – ozoda – toza
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kam qo‘llanilishiga ko‘ra)

2. Beg‘ubor – toza – sof – musaffo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

3. Toza – ozoda – pok – pokiza – sof – musaffo – beg‘ubor – g‘uborsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

4. Toza – ozoda – pokiza
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.