Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ozoda}
So‘z bo‘g‘inlari: o-zo-da
Izoh(lar)i:
ozoda sf

1. 1. Ifloslanmagan, kir tegmagan, kirlanmagan; toza, pokiza. [Xotinlar] Eski, lekin ozodagina ko‘rpa yopilgan sandal atrofiga tiqilishib, sekin-sekin suhbatlashishardi. S. Zunnunova, Gulxan

2. 2. Supurib-sidirilgan, toza. Uy maxsus mehmonlar kutiladigandek ozoda va sarishta. P. Tursun, O‘qituvchi
Yashil ufqqa tutashgan to‘ppa-to‘g‘ri va nihoyatda ozoda tosh yo‘l. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. 3. O‘zini va o‘ziga qarashli hamma narsani toza tutadigan, tozalikka rioya qiladigan; saranjom-sarishta. Ozoda xotin. Sog‘ yuray desang, ozoda bo‘l. Maqol

4. 4. Ozoda (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: toza
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Afif – pokiza – ozoda – toza
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kam qo‘llanilishiga ko‘ra)

2. Toza – ozoda – pok – pokiza – sof – musaffo – beg‘ubor – g‘uborsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

3. Toza – ozoda – pokiza
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.