Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {isqirt}
So‘z bo‘g‘inlari: is-qirt
Izoh(lar)i:
isqirt sf

1. 1. Juda ham kir; yag‘ir, iflos. Bekning ko‘ziga bo‘yniga to‘rva osgan yupun ayol ko‘rindi. Ko‘ylagi yirtiq. Oppoq bilaklari isqirt. H. G‘ulom, Mash’al
Hovlida tinmay-qo‘nmay xizmat qilib yurgan paxmoq sochli, isqirt kiyimli yosh-qari xotinlar ham anchagina. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Shunday holatga nisbatli haqoratni bildiradi. Mingboshi o‘rnidan dast turib, Qudratga o‘dag‘aylandi: — Yo‘qol ko‘zimdan, isqirt! M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

3. ko‘chma hma Chiqit, keraksiz (narsa, kimsa). Isqirt bo‘lib laqillab yuramanmi, dedim-da, orqamdan o‘pkasini qo‘ltiqlab yurgan Maxzumovga turmushga chiqib oldim. G‘ayratiy, Dovdirash
20kishiga mo‘ljallangan bu oshxonaga 150 kilogramm non olinib, shundan 30 kilogrammi isqirtga chiqarkan. Gazetadan

Antonim(lar)i: pok [f-t], pokiza [f-t], toza
Sinonim(lar)i: iflos [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Iflos – isqirt – irkit – isliqi – iqna – ivirsiq – nopok
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.