Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pokiza}
So‘z bo‘g‘inlari: po-ki-za
Izoh(lar)i:
pokiza sf

1. 1. Top-toza, pok. Pokiza idish. Pokiza kiyim. Ona tabiatimizni hamisha toza, pokiza saqlash haqida qayg‘urmog‘imiz lozim. Sh. Rashidov, Yangi yer haqida so‘z
Buloq, suvi qanchalik beg‘ubor va pokiza. U tog‘ boshidan ana shu sifatlari bilan pastga intiladi. Yoshlik
Odam degan pokiza yurishi kerak. Toza yurgan odamning tabiati ravshan bo‘ladi. S. Ahmad, Sud

2. ko‘chma hma Halol, pok, to‘g‘ri; sof, musaffo. Olima [Xadicha Sulaymonova] hayotining oxiriga qadar xalq uchun pokiza vijdon bilan xizmat qildi. Saodat
Oqko‘ngil, pokiza, halol o‘qituvchining yashash tarzi, fikrlash yo‘sini doimo barcha uchun maktab bo‘lib kelgan. Fan va turmush
Pokiza ko‘ngli bilan, ba’zan o‘ta qattiq qahri, ba’zida juda yumshoq mehri bilan bog‘lab olgan. S. Zunnunova, Olov

3. 3. Ozodalikka qattiq rioya qiladigan, ozoda. Pokiza ayol. Karim aka nihoyatda pokiza, sodda edi. Yoshlik

Sinonim(lar)i: afif [a], toza
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Afif – pokiza – ozoda – toza
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kam qo‘llanilishiga ko‘ra)

2. Toza – ozoda – pok – pokiza – sof – musaffo – beg‘ubor – g‘uborsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

3. Toza – ozoda – pokiza
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.