Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kir}
So‘z bo‘g‘inlari: kir
Izoh(lar)i:
kir fl

1. asosan j. k. bilan lan Yurib yoki siljib, biror narsaning ichiga, ichki qismiga o‘tmoq, o‘zini ichkari qismga olmoq. Uyga kirmoq. G‘orga kirmoq. Ahmadjon bo‘sh laganni dasturxoni bilan ko‘tarib, qushbegi kirgan eshikdan chiqdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bektemir tezdan o‘zini pastlikka tashladi, yugura-yugura, o‘rmonga kirdi. Oybek, Quyosh qoraymas
Yo‘l ustidan chiqib qolgan chaqqon kaltakesaklar o‘qday otilib, kavaklarga, tosh oralariga kirib ketadi. A. Qahhor, Maston

2. 2. Narsaning orasiga, ichki qismiga yorib, teshib o‘tmoq, suqilmoq; sanchilmoq. Kuliga tikan kirdi. Yer shunday qattiqki, qoziq qoqsang ham kirmaydi. Tosh uchlangan qirrasi bilan bekning boshiga tushib, yarmigacha o‘yib kirib ketdi. A. Qahhor, Ko‘r ko‘zning ochilishi
Ayamay nayzani uradi Ikki emchak o‘rtasiga, G‘archillab nayza kiradi. Gulshanbog‘

3. 3. Ich tomonga botmoq. Ertalabdan beri hech narsa yemagan mollarning qorinlari ich-ichiga kirgan. Novcha, ikki lunji ichiga kirib ketgan. S. Siyoyev, Yorug‘lik

4. 4. Orasidan, qatoridan joy olmoq; qo‘shilmoq. Bu maqola to‘plamning ikkinchi jildiga kirgan. Ikkitasida Azimboyvachchaning oti yozilib, keyin o‘chirilgan, oxirgisida mutlaqo ro‘yxatga kirmagan. S. Ahmad, Hukm
Bu kasbni qo‘y, uka, sartaroshlik qil devdim, mana u ham odam qatoriga kirib oldi. Guldasta

5. 5. Ish, xizmat, o‘qish, jamiyat va shu kabilarga qabul qilinmoq; joylashmoq. U dastavval institutga laborant bo‘lib kirdi. Partiyaga kirmoq. Zavodga slesar bo‘lib kirmoq. Ammo biz ishga kirgan odamlarni joylarga ularning istagi bilan emas, idora ehtiyoji bilan yuboramiz. S. Karomatov, Oltin qum

6. 6. Sanoq son yoki ba’zan yosh so‘zi bilan birga qo‘llanib, shu son bildirgan yilcha umr ko‘rganlikni bildiradi. Otam oltmishga kirdi. Qiz o‘n yetti yoshga kirdi. Rahmat, yuzga kir, uvali-juvali bo‘l, o‘g‘lim. Oybek, Tanlangan asarlar

7. 7. Payt, oy, fasl bildiruvchi so‘z, so‘z birikmasi bilan qo‘llanib, shu payt yoki faslning boshlanishini bildiradi. Yodgor, umri bino bo‘lib, bahorning kirib kelishini shu qadar diqqat bilan kuzatmagan ekan. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Kechikib kirgan qish endi kun sayin sovug‘ini kuchaytira boshlagan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Kech kirdi. Tovuqlar g‘ira-shira qorong‘ida pir-pir uchib, bostirma shipidagi qo‘noqqa chiqa boshladi. P. Tursun, O‘qituvchi
Mart o‘tdi, aprel kirdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

8. 8. Ayrim otlar bilan birikib, shu ot ifodalagan narsaning paydo bo‘lishi yoki vujudga kela boshlaganligini bildiradi. Ko‘chatlar mevaga kirdi. Tok hosilga kirdi. Tovuq tuxumga kirdi. Yuziga rang kirmoq. Iyun oyining oxiri. G‘o‘zalar ayni gulga kirgan vaqt. N. Safarov, Uzoqni ko‘zlagan qiz
Ishtahaga kirdi-yu, kulcha yuziga rang yugurdi. K. Yashin, Hamza

9. 9. O‘zi birikib kelgan so‘z ifodalagan holat, xususiyat va shu kabilarni kasb etish, shunga ega bo‘lishni bildiradi. Kasal uyquga kirdi. Ko‘m-ko‘k osmon birpasda kulrang tusga kirdi. Siz kelsangiz, hovlimizga oftob chiqqanday fayz kiradi. K. Yashin, Hamza
Uy bekasi o‘zining asl ruhiga kirdi, jangchilarni qiyom va pechenye bilan mehmon qildi. Oybek, Quyosh qoraymas
Sevgilimni chiroyli yigit qiyofasiga kirib olgan sehrgar iblis qo‘ltiqlab kelayotganidan yonib ketdim. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Uning [Beruniyning] tartibsiz, jo‘shqin fikrlari muntazam bir shaklga kirib, voyaga yetdi. M. Osim, Jayxun ustida bulutlar

10. 10. O‘tmoq, o‘tib o‘zlashmoq. Bu odatlar qardosh xalqlardan kirgan. Sut bilan kirgan jon bilan chiqar. Maqol
Ruscha “kandidat”, kandidatura so‘zlarining ekvivalentlari sifatida esa tojik tilidan kirgan nomzod (hozirgi ma’nosida) so‘zi qo‘llanadi. O‘TA

11. 11. Ayrim so‘zlar (masalan, sezgi a’zolarini bildiruvchi quloq, burun kabi so‘zlar) bilan qo‘llanganda, narsaning shu a’zoga ta’sir etib, sezgi uyg‘otishini bildiradi. Gulning hidi burniga kirmoq. O‘ylayman-u, miyaga hech narsa kirmaydi. Guldasta
Avazning qulog‘iga uning gapi kirmas, u tarsaki yegandek, shayx Sa’diyning shoh satriga tikilib o‘tirardi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

Antonim(lar)i: pok [f-t], pokiza [f-t], toza
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. kir I Sifat
iflos, isqirt, dog‘li

2. kir II Ot
nopoklik, ifloslik

3. kir III Ot
ifloslangan yoki yuvilgan kiyim-kechak

4. kir IV Fe’l
kirish harakatini ifodalovchi fe’lning buyruq shakli; boshlanmoq; dostigat

Paronimi: mavjud emas.

Kirill yozuvi– qadimgi slavyanlarning ikki alifbosidan biri (ikkinchisi – glagolitsa). Kirill yozuviatamasi xristianlikning slavyanlar orasidagi targ‘ibotchisi Kirill nomi bilan bog‘liq. Kirill yozuviyunonlarning unsial yozuvi asosida paydo bo‘lgan. Slavyanlardagi tovushlarni ifodalash uchun mazkur yunon yozuvida harflar yetishmas edi. Glagolitsa bilan bog‘liq holda bu tovushlar uchun maxsus belgilar yaratiladi.

Kirill yozuvining qadimiy ko‘rinishlari qabrtosh xatlari, turli yorliqlar asosida yetib kelgan. Dastlab provaslav slavyanlar, keyinchalik ruminlar (XIX asrgacha) qo‘llagan. Rossiyada 1708-yil Petr I farmoyishiga ko‘ra, bosma kirill yozuvibekor qilinib, bolgar, belorus, rus, serb, ukrain yozuvlari slavyan kirill yozuviasosida yaratilgan. Ko‘pgina xalqlar rus tilida amalda bo‘lgan Kirill yozuviga o‘zgartirishlar kiritib, o‘z yozuvlarini belgilagan.

1940yil 8may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidiumi lotin alifbosidan kirillitsa (rus) alifbosiga o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qarorda ish yuritish va vaqtli matbuot yangi alifboga o‘tishi va I, II, III sinfda yangi alifboni o‘qitish 1940yil 1sentabrdan boshlanishi hamda yangi alifboga o‘tish 2 yil ichida – 1942yil 1yanvargacha tugallanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shunday qilib, deyarli hamma respublika va viloyat (o‘zining qadimgi an’anaviy alifbosi bo‘lgan Gruziya, Armaniston, Boltiqbo‘yi respublikasidan tashqari) yangi alifboga o‘tdi.

Kirishso‘zlovchining bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so‘z, birikma va gap.Munosabat so‘z bilan ifodalansa,kirish so‘z, so‘z birikmasi bo‘lsa,kirish birikma deb yuritiladi. Kirish so‘z va kirish birikma asosan modal so‘z bilan ifodalanib, quyidagi ma’noni bildiradi: 1) “ishonch/tasdiq”: albatta, shubhasiz, ma’lumki, haqiqatan, darhaqiqat, haqiqatan ham, so‘zsiz;2) “gumon”: ehtimol, shekilli, chamasi, balki, taxminimcha, mumkin;3) “shodlik/achinish”: Baxtimga, baxtga qarshi, attang, afsus;4) “bayon qilingan fikrning kimga qarashliligi”: menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha;5) “bayon qilingan fikrning tartibi”: birinchidan, ikkinchidan...6) “bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog‘liqligi”: demak, shunday qilib, umuman, aksincha, ba’zan, aks holda, xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan;7) “bo‘lishli/bo‘lishsizlik”: ha, yo‘q, mayli, to‘g‘ri.Kirish so‘z yoki birikma gapning boshida kelsa, undan keyin, gapning o‘rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelsa, undan oldin vergul qo‘yiladi: Nihoyat, ular jo‘nashdi. Ular, nazarimda, ketishdi. Hali-beri qishning keti ko‘rinmaydi, shekilli. Kirish gap so‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikrga qo‘shimcha mulohazasini bildiradi. Kirish gap asosiy fikrni to‘ldirish, izohlash uchun ishlatiladi. U, odatda, vergul bilan ajratiladi: Biz, sinf rahbarimiz aytdi, ertaga sayohatga boramiz.Kirish gap yoyiq bo‘lsa, tire bilan ajratiladi yoki qavs ichiga olinadi: 1. Mirzakarimboy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko‘rar edi) ba’zi vaqt ichidan faxrlanardi. 2. Qabulxona – bu yer ilgari katta boyning mehmonxonasi bo‘lgan bo‘lsa kerak – qorong‘i edi.Kirish gapning tuzilish turi: a) bir bosh bo‘lakli: U yog‘ini so‘rasang, aytaymi, men bunga rozi emasman;b) ikki bosh bo‘lakli: Ibrohimov, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o‘z ilmidan bahramand qildi.

«O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»o‘zbek adabiy tilining me’yoriy lug‘atidan biri. Lug‘at X.Norxo‘jayeva tomonidan tuzilib, 2006- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilgan.

Lug‘atda so‘zlar quyidagicha tavsiflangan:

I. Har bir so‘zning ma’nosi qisqa va aniq ifoda etilgan.

II. Lug‘atda so‘zlarning, asosan, hozirgi o‘zbek adabiy tilida iste’moldan qolgan, eskirgan ma’nolari berilgan.

III. So‘zlarning ma’nolari bir-biridan arab raqamlari bilan ajratilgan, har bir ma’noga taaluqli ma’no nozikliklari esa shu ma’no ichida bir tik chiziqdan keyin berilgan. Masalan:

DODXOH (f-t) 1 Adolat talab etuvchi, adolat istovchi. 2 Buxoro xonligida adolat istovchilardan amir nomiga ariza qabul qiluvchi lavozimli kishi. 3 Farg‘ona vodiysi va Toshkentda mingboshi va boshqa ba’zi amaldorlarni ulug‘lash uchun ishlatiladigan so‘z.

IV. Bosh so‘zlarning mustaqil ko‘chma ma’nolari arab raqamlari bilan ajratilgan va ko‘chma belgisi bilan ta’minlangan.

V. Lug‘atda ayrim so‘zlarning leksik ma’no kasb etgan grammatik shakllari (lek, ila, limu, badaliga kabi) ham berilgan turli leksikografik usullar bilan izohlangan.

Masalan:

MURABBA (a, murabba, III sh.brl. murabbai). Tomonlari teng to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, chorsi.

VI. Ayrim so‘zlarning boshqa so‘zlarga birikib qoshma so‘z yasash xususiyati ham alohida- alohida izohlab berilgan.

VII. Lug‘atda atash vazifali so‘zlarning, ayniqsa, ot, sifat va fe’llarning ma’nolarini ochishda tavsifiy izoh usullaridan keng foydalanilgan. Bu xildagi so‘z ma’nosi uning asosiy belgilari (mas., tashqi ko‘rinishi, tuzilishi, qollanishi, vazifasi, ta’siri, xarakteri yuzaga kelish yo‘li, sababi va sh.k.) orqali ochib beriladi.

Masalan:

ABAD (a) Oxiri, poyoni yo‘q kelajak zamon, mangulik.

ABAJUR (r

VIII. Ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar, undoshlar, taqlidiy, tasviriy va modal so‘zlarni izohlashda tushuntirma izoh usulidan foydalanilgan.

Bunda mazkur so‘zlarning ma’nosi, vazifasi tushuntirilgan.

Masalan:

ORIY (f-t) Shundoq, rost, albatta.

IX. Ba’zi yasama so‘z ma’nolarini ochishda grammatik izoh usullaridan foydalanilgan. Bunda so‘zning ma’nosi shu so‘z havola qilingan so‘zning izohidan anglashiladi.

XI. Lug‘atda ma’nodoshlarning betaraf va faollari izohlangan, qolganlari esa ularga havola qilingan. Masalan:

JARROH (a) Xirurg.

XII. Ayrim hollarda, izohdan keyin, so‘z ma’nosini to‘laroq ochish, izohni to‘ldirish maqsadida izohlanuvchi so‘zning antonimidan ham foydalanilgan bo‘lishi kerak.

Masalan:

ZEHNIYAT (a)…

ZINDON (f-t)…

DAFTARNAVIS (grek +f-t)…

XIII. Ma’nodoshlar boshqa turdagi izohdan keyin ham ishlatilgan. Bunda ular izohni to‘ldirish, ko‘p ma’noli so‘zlar ma’nolarini bir- biridan yaqqolroq faqlash uchun xizmat qiladi.

Masalan:

VALLOMAT Valine’mat. 1.Oqsoqol, boshliq, amaldor. 2. Sarboz, yigit. 3. Oz mehnati singmagan narsalarga, birovnikiga saxiylik, xo‘jayinlik qilaveradigan odam; errayim.

Lug‘at izohli lugatning bir ko‘rinishi.

 

1. aql kirdi: -

2. aql kirib qolmoq: -

3. aqli kirdi: 1)es- hushli bo‘ldi 2) angladi, tushundi

4. aqli kirib qolmoq: -

5. aqli kirmoq: -

6. bilak shimarib ishga kirishmoq: -

7. bir qulog‘idan kirib, ikkinchi qulog‘idan chiqib ketmoq: -

8. bir quloqdan kirib, ikkinchi quloqdan chiqib ketmoq: -

9. bosh bilan kirib ketmoq: -

10. boshi berk ko‘chaga kirib qolmoq: -

11. boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ymoq: -

12. boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ymoq: -

13. boshi bilan kirib ketmoq: -

14. bu qulog‘dan kirib, u qulog‘dan chiqib ketadi: e’tibor bermaydi, xotirasida tutib qololmaydi

15. bu qulog‘idan kirib, u qulog‘idan chiqib ketmoq: -

16. bu quloqdan kirib, u quloqdan chiqib ketmoq: -

17. dahaga kirmoq: -

18. darmonga kirmoq: -

19. dilida kiri yo‘q: -

20. es kirdi: 1)es-hushli bo‘ldi 2) angladi, tushundi

21. es kirdi-chiqdi: -

22. es kirmoq: -

23. esga ham kirib chiqmaslik: -

24. esi kirdi: 1)es- hushli bo‘ldi 2) angladi, tushundi

25. esi kirdi-chiqdi: -

26. esi kirmoq: -

27. esiga ham kirib chiqmaslik: -

28. gapga kirmoq: -

29. gapiga kirdi: 1)tingladi 2)aytganini qildi

30. gapiga kirmoq: -

31. ishtahasi iniga kirib ketmoq: -

32. jon kirdi: yayradi, rohatlandi

33. jon kirdi: 1)tetiklashdi, jonlandi 2)hayotga qaytdi, tirildi

34. jon kirgizmoq: -

35. jon kiritmoq: -

36. jon kirmoq: -

37. jon kirmoq: -

38. jonga ora kirmoq: -

39. jonga oro kirmoq: -

40. joni kirmoq: -

41. joniga aro kirdi: 1)bir o‘limdan qutqarib qoldi 2)og‘ir ahvoldan qutqardi

42. joniga oro kirdi: 1)bir o‘limdan qutqarib qoldi 2)og‘ir ahvoldan qutqardi

43. joniga oro kirmoq: -

44. jonini kirgizmoq: -

45. jonini kirgizmoq: -

46. jonni kirgizmoq: -

47. jonni kirgizmoq: -

48. kech kirmoq: -

49. kekirdagini cho‘zdi: 1)shovqin solib, dabdabali qilib gapirdi 2) o‘dag‘ayladi

50. kekirdagini cho‘zmoq: -

51. kekirdak cho‘zmoq: -

52. kekirdakni cho‘zmoq: -

53. kinna kirmoq: -

54. kirmagan teshigi qolmaslik: -

55. kirmagan teshigi yo‘q: -

56. ko‘chasiga kirmoq: -

57. ko‘ngilda kiri yo‘q: -

58. ko‘nglida kiri yo‘q: kek saqlamaydigan, g‘arazi yo‘q

59. ko‘nglida kiri yo‘q: kek saqlamaydigan, g‘arazi yo‘q

60. ko‘z o‘tkir: -

61. ko‘zi o‘tkir: -

62. miyasiga kirmaslik: -

63. nafas o‘tkir: -

64. nafasi o‘tkir: -

65. nazarga kirmoq: -

66. o‘tga ham, suvga ham kirishga tayyor: -

67. o‘ttizga kiriboq o‘tin bo‘lmoq: -

68. odam qatoriga kirgizmoq: -

69. odam qatoriga kirmoq: -

70. odatga kirgizmoq: -

71. og‘izdan bodi kirib, shodi chiqmoq: -

72. og‘izga oq it kirib, qora it chiqmoq: -

73. og‘zidan bodi kirib, shodi chiqmoq: -

74. og‘ziga oq it kirib, qora it chiqmoq: -

75. oraga kirmoq: -

76. osmonga chiqsa oyog‘idan, yerga kirsa qulog‘idan tortmoq: -

77. osmonga chiqsa oyoqdan, yerga kirsa quloqdan tortmoq: -

78. osmonga uchsa oyog‘idan, yerga kirsa qulog‘idan tortmoq: -

79. osmonga uchsa oyoqdan, yerga kirsa quloqdan tortmoq: -

80. osmonga uchsa, oyog‘idan, yerga kirsa, qulog‘idan tortadi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

81. pinj kirmoq: -

82. pinjiga kirmoq: -

83. qanot ostiga kirmoq: -

84. qanoti ostiga kirmoq: -

85. qo‘lga kirdi: ixtiyoriga o‘tdi

86. qo‘lga kirgizmoq: -

87. qo‘lga kiritmoq: -

88. qo‘lga kirmoq: -

89. qo‘ltig‘iga kirmoq: -

90. qulog‘iga kirdi: maxsus tinglamagani, qiziqmagani holda eshitdi

91. qulog‘iga kirmaydi: 1) parishon bo‘lish, kuchli hayajonlanish yoki mashg‘ul bo‘lish tufayli o‘ziga qarata aytilayotgan gaplarni anglamaydi, eshitmaydi 2)e’tiborsiz qoldiradi, qabul qilmaydi

92. qulog‘iga kirmoq: -

93. quloqqa kirmoq: -

94. rolga kirmoq: -

95. roliga kirmoq: -

96. sirt kir yuqtirmaslik: -

97. sirtiga kir yuqtirmaslik: -

98. so‘zga kirmoq: -

99. so‘ziga kirdi: 1)tingladi 2)aytganini qildi

100. so‘ziga kirmoq: -

101. sovuniga kir yuvmaslik: -

102. suq kirmoq: -

103. ta’bi kir bo‘ldi: kayfiyati yomonlashdi, xafa bo‘ldi

104. ta’bini kir qilmoq: -

105. ta’bni kir qilmoq: -

106. til o‘tkir: -

107. tilga kirdi: 1)nutqqa ega bo‘ldi(go‘dak) 2)ma’lum fursat o‘tgandan keyin gapira boshladi

108. tilga kirmoq: -

109. tili o‘tkir: -

110. tirnog‘idan kir izlamoq: -

111. tirnoq orasidan kir izlamoq: -

112. tirnoq orasidan kir kovlamoq: -

113. tirnoq orasidan kir qidirdi: yomon niyat bilan deyarli aybi yo‘q kishining faoliyatidan ayb topishga harakat qildi

114. tirnoq orasidan kir qidirmoq: -

115. tirnoq ostidan kir izlamoq : -

116. tirnoq tagidan kir qidirmoq: -

117. tirnoqdan kir izlamoq: -

118. tushga ham kirmaslik: -

119. tushga kirmoq: -

120. tushiga ham kirmaslik: -

121. tushiga kirmaydi: mutlaqo o‘ylamaydi, kutmaydi

122. tushiga kirmoq: -

123. u qulog‘idan kirib, bu qulog‘idan chiqib ketdi: e’tibor bermay, xotirasida tutib qololmaydi

124. u qulog‘idan kirib, bu qulog‘idan chiqib ketmoq: -

125. u quloqdan kirib, bu quloqdan chiqib ketmoq: -

126. uzun kirib, uzun chiqib: -

127. yer yorilmadi-yu, kirib ketmaslik: -

128. yer yorilmadi, yerga kirib ketmaslik: -

129. yer yorilmadi, yerga kirib ketsa: -

130. yer yorilmadiki, kirib ketsa: -

131. yer yorilmadiki, kirib yo‘qolsa: -

132. yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadi: nomus qilganidan o‘zini qayoqqa olib qochishni bilmadi

133. yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmaslik: -

134. yer yorilmadi-yu, yerga kirmaslik: -

135. yer yorilsa, kirguday bo‘lmoq: -

136. yer yorilsa, yerga kirguday bo‘lmoq: -

137. yer yorilsa-yu, kirib ketsa : -

138. yer yorilsa-yu, yerga kirib ketsa: -

139. yerga kirgizib yubormoq: -

140. yerga kirib ketmoq: qattiq izza bo‘ldi, o‘sal bo‘ldi

141. yerga kirsa qulog‘idan tortib chiqarmoq: -

142. yerga kirsa quloqdan tortib chiqarmoq: -

143. yerga kirsa, qulog‘dan tortib chiqaradi, osmonga chiqsa, oyog‘idan tortib tushiradi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

144. yerga kirsa, qulog‘idan tortib chiqarmoq: -

145. yerga kirsa, quloqdan tortib chiqarmoq: -

146. yetti uxlab, tushga ham kirmaslik: -

147. yetti uxlab, tushga kirmaslik: -

148. yetti uxlab, tushiga ham kirmaslik: -

149. yetti uxlab, tushiga kirmaslik: -

150. yetti uxlab, tushiga kirmaydi: mutlaqo o‘ylamaydi, kutmaydi

151. yo‘lga kirmoq: -

152. yo‘liga kirmoq: -

153. yomon yo‘lga kirib ketmoq: -

154. yonga kirmoq: -

155. yoniga kirmoq: -

156. yuragi dukirlab urmoq: -

157. yuragi dukirlamoq: -

158. yuragida kiri yo‘q: kek saqlamaydigan, g‘arazi yo‘q

159. yurak dukirlab urmoq: -

160. yurak dukirlamoq: -

161. zehn o‘tkir: -

162. zehni o‘tkir: -

1. Aqlli – dono – donishmand – mutafakkir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining oshib borishiga ko‘ra)

2. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – garangsimoq – gangramoq – kalovlanmoq – mengrovsimoq – talmovsiramoq – obdiramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

3. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – o‘zini yo‘qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

4. Ingramoq – singramoq – inchkirmoq -yig‘lamoq -siqtamoq – o‘kirmoq – ho‘ng-ho‘ng yig‘lamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(harakat belgisining keng yoki tor ifodalanishiga ko‘ra)

5. Shipshitmoq – shivirlamoq – pichirlamok – gapirmoq – qichqirmoq – baqirmoq – o‘kirmoq – hayqirmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(ovoz miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.