Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sof}
So‘z bo‘g‘inlari: sof
Izoh(lar)i:
sof sf

1. 1. Beg‘ubor, toza, musaffo. Sof havo. Sof suv. Sof osmonda ma’sum boqqan, To‘lin oydir yo‘ldoshim. Boychechak. Sof, yashil tabiat yuraklarga kuch bag‘ishladi. Oybek, Quyosh qoraymas
Ufqlarga otash qalab, Tong otadi sof, nafis. E. Vohidov

2. 2. Boshqa narsa aralashmagan; asil, toza. Sof oltin. Sof holda uchramaydigan kimyoviy elementlar. Bir gramm sof radiy olish uchun bir necha tonna uran rudasini qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Fan va turmush

3. 3. O‘zga unsurlardan xoli; toza. U [rus juvon] ayvonga qarab kelayotgan kishini tanib: — E, G‘ulomjon, keling! — dedi sof o‘zbek tilida. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

4. ko‘chma hma Dog‘ tushmagan, har qanday ayb, gunoh, nuqsondan xoli; toza, pokiza, halol. Sof vijdon. Sof muhabbat. Nazarimda, shu o‘y uning sodda, sof yuragiga shunday azob bermoqdaki, bu azob oldida ustida qanot yozib turgan o‘lim ham pisand emasdek tuyular edi. A. Muxtor, Asarlar
Gulnor sof nomusiga otilgan qorani butunlay yuvib tashlashga jazm qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Bu bozor ahliga, bu yerdagi sof-u nosof ikir-chikir bandalarga mening nima daxlim bor? A. Muxtor, Asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: sop Ba’zi asboblarning qo‘l bilan ushlanadigan qismi; tutqi, dasta, band.
Qomus: mavjud emas.

1. asfalasofilin bo‘lmoq: 1.chuqurlikka, jarlikka tushib ketmoq; 2.ko‘chma halok bo‘lmoq, halokatga uchramoq

2. asfalasofilinga ketmoq: 1.chuqurlikka, jarlikka tushib ketmoq; 2.ko‘chma halok bo‘lmoq, halokatga uchramoq

3. insof bermoq: insofga keltirmoq, insofli qilmoq

4. sof dil: vijdonli, beg‘araz

5. sof dillik: vijdonlilik, beg‘arazlik

6. yuragi sof: yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan

1. Beg‘ubor – toza – sof – musaffo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

2. Insofli – vijdonli – adolatli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

3. Toza – ozoda – pok – pokiza – sof – musaffo – beg‘ubor – g‘uborsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

4. Vijdonsiz – noinsof – yaramas – muttaham
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

5. Yaxshi – sof – asil
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.