1. 1. G‘ubori, changi yo‘q; gardsiz; toza, musaffo. G‘uborsiz osmon. Quyosh g‘uborsiz ko‘kda taltayib porlar edi. ▬ Juvon ham uzun qora kipriklarini pirpiratib, chinni singari g‘uborsiz yuzidan nur yog‘ilayotganday, kulimsirab qaradi. A. Muxtor, Tug‘ilish
2. ko‘chma hma Ko‘ngli, dili pok; kir, g‘ubordan xoli. Tipirchilagan jajji yuragi shundoqqina ko‘rinib turibdi: samimiy, g‘uborsiz, chin ko‘ngildan gapiradi norasta. A. Muxtor, Tong bilan uchrashuv Qiz bolani avaylab, g‘uborsiz, pok o‘stirish tarbiyada eng muhim davr sanaladi. Saodat
1. Toza – ozoda – pok – pokiza – sof – musaffo – beg‘ubor – g‘uborsiz Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)