1. 1. Har qanday ishga qobiliyati, layoqati bo‘lgan; qobiliyatli, layoqatli.
Borishsa qaytarma, bolam. Ko‘p qobil, o‘zingga o‘xshagan hunarmand o‘g‘lonlar-da bular.
H. Nazir, Cho‘l havosi
Xudoyqul odamning qo‘lidan keladigan har qanday ishga qobil edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Murzin o‘tirgan o‘rnida o‘zini har narsaga qobildek tasavvur etdi.
Shuhrat, Shinelli yillar
2. 2. So‘zga kiradigan; yuvosh, mo‘min.
Qobil bola.
▬
Ko‘rinishda qobil, chertib-chertib so‘zlaydigan Sobir Saydarov so‘nggi vaqtlarda ichkilikka mukkasidan ketdi.
Gazetadan
3. kam qo‘ll. ll. Munosib, mos, ko‘ngildagidek.
Mehnatkash elga qoyil, Yerlarni qildi qobil, Undirdi katta hosil
Habibiy
Dehqon xalqi kuzning qobil, saxiy kelishini orzu qiladi, chorvadorlar esa — bahorning.
Saodat
4. 4. Qobil (erkaklar ismi).