1. O‘taketgan yovuz, berahm, vahshiy.
— Benomus battollar! — degan g‘azabnok tovushlar eshitildi. Otliqlar qilichlarini yalang‘ochlab, qiy-chuv ko‘targan ayollarni chopa boshladilar.
M. Osim, O‘tror
2. O‘taketgan razil, yaramas.
Men bilan Otabekni qamatib, dor ostiga yuboruvchi, Otabek tilidan soxta taloq xati yozib, bir-birimizdan judo etuvchi battol Homid ekan.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
3. O‘zinikini to‘g‘ri deb turib oladigan; to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqqa yurmaydigan, o‘taketgan o‘jar, qaysar.
Bugun darvozada juda battol sarboz turibdi.
S. Karomatov, Bir tomchi qon
4. Xosiyatsiz; shiddatli.
Namoz-gardan boshlab yomg‘ir chunonam quyishga turdiki, Jahon ota: — Bunaqa battol yog‘inni umrimda kamdan-kam ko‘rganman, — dedi.
R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa