Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mo‘min}
So‘z bo‘g‘inlari: mo‘-min
Izoh(lar)i:
mo‘min ot

1. din. in. Ollohning borligiga iqror bo‘lgan, imon keltirgan kishi; musulmon. [Safar bo‘zchi] Shu ka’batulloning ichida o‘tirib, yolg‘on gapirgan odam musulmon emas, kishining qasamiga ishonmagan ham yetti mazhabda mo‘min emas. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.

2. ko‘chma hma Yuvosh, beozor, muloyim. Mo‘min odam, ▬ Muharram ko‘chada soddagina, mo‘mingina ko‘ringan bu qizning shunchalik sho‘xliklari borligini o‘zi ko‘rmay, birov aytganda, aslo ishonmasdi. Shuhrat, Shinelli yillar

3. Mo‘min (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: o‘jar , qaysar [a<lat], sho‘x
Sinonim(lar)i: yuvosh
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.