Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qiyiq}
So‘z bo‘g‘inlari: qi-yiq
Izoh(lar)i:
qiyiq ot

1. 1. Mato, qog‘oz va shu kabilardan odatda uchburchak shaklda qiyib olingan parcha yoki ortib qolgan qiyindi, qiyqim. Qog‘oz qiyiqlari. Deraza oynalariga turli shaklda qiyiq qog‘ozlar yopishtirilgan. Oybek, Quyosh qoraymas

2. 2. Bir tomoni baland, bir tomoni past; qiya, qiyg‘och, qiyshiq. Yig‘ilgan pullarni yaktagining qiyiq cho‘ntagiga solib, xayrlashib jo‘nadi. H. Nu’mon va A. Shorahmedov, Ota
[Kumush] Ayvon ustuniga suyangach, qora qiyiq qoshlarini chimirib, ko‘cha yo‘lak tomonga qaradi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. 3. Qisiq yoki suzuk; qisilgan yoki suzilgan, qiyg‘och (ko‘z haqida). Chorbog‘ning qoq o‘rtasiga qurilgan baland shiypon zinalaridan o‘rta yoshli, miqtidan kelgan, qiyiq ko‘zli bir kishi tushib kelayotgan edi. M. Osim, O‘tror

4. ko‘chma hma Gapga ko‘nmaydigan, tutgan yerini kesadigan; o‘jar, qaysar. Qiyiq bola. Mulla Ikrom qiyiq odam bo‘lganidanmi yoki kasbi shuni lozim ko‘rganidanmi, murosaga unamadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Qiyig‘imni bog‘lamadi — qiyiq ekan, Boqsam — ko‘zi sho‘x-u qoshi quyuq ekan. T. To‘la.

5. ko‘chma hma Kamchilik, nuqson, xato. Agapovning seni mensimay piching qilib, gapingdan qiyiq topib o‘tirishi bejiz bo‘lmasa kerak. I. Rahim, Ixlos
Uning har bir ishidan qiyiq topishga urinar edi. R. Azizxo‘jayev, Yashil chayla

6. Odatda belga bog‘lash uchun atrofiga gul tikilgan to‘rtburchak mato; belbog‘, qiyiqcha. Las qiyiq. Shohi qiyiq. [G‘ozi] Qishda beqasam to‘n ustidan shohi qiyiq bog‘lar, yozda esa pilta yoqali oq yaktakni belbog‘siz kiyardi. I. Rahim, Ixlos
Xadicha xola, bundan yaqin olti oy burun kelganida, bir qiyiq behi olib keldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: o‘jar

1. qiyiq I Ot
Uchburchak holatida buklab, belga bog‘lanadigan, chetiga gul tikilgan to‘rt burchak mato, belbog‘.

2. qiyiq II Sifat
yotiq, qiya kesilgan;

3. qiyiq III Sifat
qisiq; o‘jar

4. qiyiq IV Ot
xato

Paronimi: qiyq tovush: qiyq etdi
Qomus: mavjud emas.

1. qildan qiyiq qidirdi: deyarli aybi yo‘q odamning faoliyatidan ayb topishga harakat qildi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.