1. Sanoq sonlar va son miqdor bildiruvchi so‘zlar bilan kelib, shu songa teng takrorni bildiradi. Oyda bir marta chiqadigan gazeta. Xatni bir necha marta o‘qidim. Shu gapni bir-ikki marta eshitdim. ▬ Bir necha oy mobaynida qiz o‘zi xohlabmi yo Sidiqjon asti qo‘ymagani uchunmi, boqqa yana bir necha marta tushib chiqdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari — Gadoylikdan o‘lim yaxshi, ming marta yaxshi, — yig‘lab dedi Shoqosim. Oybek, Tanlangan asarlar
1. qirq marta o‘lchab, bir marta kesadi: nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish qiladi