1. 1. Odamlar, jonivorlar va boshqalar narsalar qatnovi natijasida yer sathida iz bosilib hosil bo‘lgan uzun, davomli qism, qatnov qismi.
So‘qmoq yo‘l. Qirdagi har to-monga ketgan yo‘llar.
▬
Yo‘l adirning eng yotiq yeridan tushgan bo‘lsa ham, Turg‘unoy tizzasini ushlab, zo‘rg‘a qadam bosardi.
A. Qahhor, Maston
Cho‘lning yo‘li ingichka
Boychechak
Dovon orqali bitta ot yo‘li bor, xolos. Shu tor yo‘ldan Afg‘onistonga o‘tsa ham bo‘ladi.
K. Yashin, Hamza
2. 2. Umuman, kishilar yoki transport kat-novi uchun maxsus belgilangan yer bo‘lagi.
Avtomashina qatnaydigan yo‘l. Asfalt yo‘l. Tosh yo‘l. Uzoq yo‘l.
▬
Mashina yo‘lini kesib o‘tayotgan podaga signal berganda, cho‘chib o‘ziga keldi-yu, atrofga qaradi.
S. Ahmad, Yulduz
Mehmonxona yonidagi yer osti yo‘lidan o‘tib, gulzor maydonga chiqishdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. 3. Kema va samolyotlar qatnashi uchun maxsus belgilab qo‘yilgan yo‘nalish, trassa.
Suv yo‘li. Havo yo‘li.
4. 4. Yo‘nalishdagi harakat jarayoni, yo‘lda davom etayotgan yurish.
[Xotin] Kumushga qarab davom etdi: Anu kungi so‘zingiz bilan, yo‘ldan qayrilib kirgan edim.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
O‘rmonjon yo‘l bo‘yi gapirmadi
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Men uning uchun bir ziyoratchi, nazrini beraman-u, yo‘limga ketaveraman.
K. Yashin, Hamza
— Zarari yo‘q, — dedi Me’mor. — Buni yo‘l mashaqqati deymiz.
Mirmuhsin, Me’mor
5. 5. Yurish, qatnov yo‘nalishi.
Birov Xotiningni ukang nikohlab oldi, uyga bormay qo‘ya qol! degan ekan, u ham yo‘lni boshqa yoqqa soldirib ketibdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
6. 6. Biror joy, makonga sayohat yoki boshqa maqsadda qilinadigan yurish; safar.
Yo‘l anjomlari. Yo‘lga hozirlanmoq. Yo‘lga chiq-sang, yo‘ldoshing bo‘lsin.
Maqol
[Otabek] Bu so‘roqni o‘z-o‘ziga ham berib ko‘rmagan, go‘yo burungidek Marg‘ilon yo‘liga oshiqib hozirla-nar edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Shoh Mashrab yo‘lga chiqsalar, xudoning qudrati bilan, yerning tanobi tortilib, yo‘l qisqarar ekan.
Oybek, Tanlangan asarlar
7. 7. Bosib o‘tiladigan oraliq; masofa.
Bundan buyon mototsikl yo‘lingizni yaqin qiladi.
S. Anorboyev, To‘rtko‘zning boshidan kechirganlari
U Miyon Qudrat hazratni ziyorat qilish uchun ozmuncha yo‘lni piyoda bosib keldimi?
K. Yashin, Hamza
8. 8. Ma’lum bir transport vositasi uchun yo‘nalish qurilmasi.
Temir yo‘l. Tramvay yo‘li.
▬
Poyezd yo‘li mayda tosh, Boyning qizi qalamqosh.
Boychechak
9. 9. Ayrim narsalarning yo‘nalish chizig‘i, joy oralig‘i.
Nafas yo‘li. Siydik yo‘li. Xas-xashaklar suv yo‘lini to‘sib qo‘yibdi.
10. 10. Biror narsaga, yuzaga tortilgan, tushirilgan chiziq, iz.
Bir yo‘li oq, bir yo‘li moshrang beqasam.
▬
Eshikda tikkasiga oq va qora yo‘llardan iborat pijama kiygan, boshyalang Azimboyev ko‘rindi.
Guldasta
11. 11. Qator, satr; misra.
Bir necha yo‘l xat.
▬
[Anvar Ra’noga:] Mening yozganimni sen uyat qilmasang, men ham sening yozganingni uyat qilmayman. Lekin shart shuki, mening ikki yo‘limga javob bo‘lsin.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
12. ko‘chma chma Biror narsaning yo‘nalish, kelish-ketish oqimi, yo‘nalishi.
Hayot o‘z yo‘lidan borar, bahor bolalarga o‘z quvonchi, o‘z shodliklarini saxiylik bilan taqdim etgan edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Hamza haqiqat yo‘lidan, ma’rifat yo‘lidan, Furqat vasiyat qilgan yo‘ldan boradi.
K. Yashin, Hamza
13. 13. Faoliyatda amal tarzi, qilinadigan, tutiladigan ish-amal.
Hozir senlarga ikki yo‘l: o‘g‘il, qizingni sotib bo‘lsa ham, o‘ttiz ikki tangani Azizbek xazinasiga to‘lash yoki es borida etakni yopib, Azizbekni oradan ko‘tarish
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Taqdirdan shikoyat qilmadim sira, Sizga ham shu yo‘lni maslahat ko‘rdim.
Shuhrat
Ikkisining yo‘li ham gumrohlikdan boshqa narsa emas. Biri yig‘ib o‘lgan, biri yeb o‘ladi.
Oybek, Tanlangan asarlar
14. 14. Kuy, qo‘shiq va shu kabilarda o‘ziga xos usul.
Orzu-yu armonimni she’riy yo‘lda qaytadan So‘zlab turibman, balki yoshlik bo‘lib bahona.
A. Oripov
Zebi kirib, mayda yo‘llardan birini oldi. Dutorning ovoziga endigina o‘z ovozini qo‘shaman deganda, tashqaridan mingboshini chaqirdilar.
Cho‘lpon, Kecha va kunduz
15. 15. Imkon chorasi.
Hech bo‘lmasa, jonni saqla edi sen, Bir yo‘l topib qochmoq kerak bu eldan.
H. Olimjon
Sodiqjon boyvachcha changaliga tushgan qizning kimligini bilgisi keldi. Ammo so‘rab bilishning hozir asti yo‘li yo‘q edi.
K. Yashin, Hamza
16. ko‘m. vzf. vzf. (asosan o‘rin-payt kelishigida — yo‘lida) Sabab, maqsad kabi ma’nolarni bildiradi; bora(si)da, uchun.
Kimiki xalq yo‘lida, xalq g‘amida ter to‘ksa, qo‘li hamma yerda baland bo‘lsin
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Shuning uchun ham senga yetishmoq yo‘lida jonni xatarga qo‘yib, kecha-kunduz yugurganman-da
K. Yashin, Hamza
O‘quvchilarni jo‘shqin mehnat faoliyatiga tayyorlash yo‘lidagi izlanishlarimiz hozirning o‘zida o‘z samarasini bermoqda.
Gazetadan