Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bor}
So‘z bo‘g‘inlari: bor
Izoh(lar)i:
bor fl

1. 1. So‘zlovchining turgan joyidan uzoqlashmoq, nari ketmoq; biror joy (manzil)dan ikkinchi joy (manzil) tomon harakat qilmoq, yo‘l olmoq; naridagi biror manzilga yetmoq. Hozir institutga boraman. — Nima bo‘ldi sizga, qayoqqa borasiz? — Marg‘ilonga A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Boring, Nasibani maktabdan aytib keling, issig‘ida bora qolaylik. A. Qahhor, Asarlar
Sidiqjonning nazarida, agar [Sharofat] shu kayfiyatida ketsa, shu yerdan boriboq, jo‘rttaga bir bo‘yni yo‘g‘onga tegadigan. A. Qahhor, Asarlar
Shu yerdan Shayxontohurgacha qanchada borasiz? — Ko‘z ochib yumguncha. Oybek, Tanlangan asarlar
Ertasiga u maktabga bormadi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Umuman, biror yo‘nalishda, yo‘lda nari tomon harakat qilmoq, ilgarilamoq, uzoqlashmoq. Poyezd., bepoyon sahrodan borar edi, ertasiga ertalab biror soatga yaqin to‘xtab qoldi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Qizni izlab, uzoq borgach, uning ko‘chasida to‘xtadi. Oybek, Nur qidirib
Biz olg‘a boraveramiz A. Qahhor, Asarlar

3. 3. Jo‘natilgan, tarqatilgan joyidan, manbaidan naridagi, mo‘ljaldagi joyga yetmoq (ovoza, gap, xat-xabar haqida). Sizdan bir marta ham xat bormadi. Bu gaplar amirzoda qulog‘iga borib yetganiga aslo shubha qilmasa ham bo‘ladi. Mirmuhsin, Me’mor
Bo‘taboy o‘ylab turib: — Bizning qishloqdan ham ma’lumot borgan ekan-da, a? — dedi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. 4. Biror transport vositasi bilan nari tomon yurmoq, siljimoq, uzoqlashmoq. Avtobusda bormoq. Samolyotda bormoq. [Qurbon ota:] — Namangangacha mashinada borsangiz, u yog‘i yaqin, — dedi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

5. 5. Biror joy, obyekt yoki shaxs tomon yo‘nalmoq, o‘sha joyda yoki shaxs huzurida bo‘lmoq; tashrif buyurmoq. To‘yga borsang, to‘yib bor. Maqol
Tag‘in bir marta Tal’atning oldiga borishiga to‘g‘ri keladi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Yusufjon G‘iyosov o‘rnidan turib, deraza yoniga bordi. X. Yodgorov, Hayot to‘lqinlari
Amallab yaqin borganida, baxt degan o‘sha nur yana bir olam nariga ketib qoldi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
G‘ulomjon hokimni kutgani bormadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Birdan uyiga, bolalarining oldiga borgisi keldi. S. Ahmad, Ufq

6. 6. Doimo bir yo‘nalishda yurmoq, qatna-moq. Ishga bormoq. G‘ijim ro‘mol to‘qiyman, Maktab borib o‘qiyman. Qo‘shiqlar

7. 7. O‘z ishi, faoliyatida yoki taraqqiyot jarayonida biror yo‘ldan ketmoq, biror yo‘nalishda harakat qilmoq. O‘zbekiston demokratik jamiyat qurish yo‘lidan bormoqda. Chin inson, yomonlar bo‘hton qilganda ham, to‘g‘ri yo‘ldan adashmay boraveradi. Gazetadan
Ular o‘zlariga, o‘z yerlariga, o‘z uylariga hayot, suv keltirish uchun kurashga boradilar. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

8. 8. Qo‘yilmoq, ko‘rsatilmoq (spektakl, tomosha va shu kabilar haqida). Kinoteatrda yangi film borayotir.

9. 9. Davom etmoq, bo‘lmoq, ketmoq, o‘tmoq, kechmoq (ish, suhbat, vaqt va shu kabilar haqida). Qizg‘in bahs bormoqda. Gan yosh mutaxassislar haqida bordi. Kunlar ketidan kunlar borar edi.

10. s. t. . t. Sig‘moq, bemalol kirmoq. Taxta qattiq ekan, mix bormayapti. Etik oyog‘imga bormayapti.

11. 11. Soni, miqdori, kattaligi jihatidan ma’lum yuqori chegaraga, darajaga yetmoq, erishmoq. Qo‘ylar soni besh yuzga bordi. Xonaning uzunligi to‘rt metrga ham bormaydi. Odamda miya po‘stlog‘ining sathi, o‘rtacha olganda, 1250 kv. sm. bo‘lib, otda 350 kv. sm. ga ham bormaydi. Anatomiya

12. 12. Davom etib, rivojlanib, biror darajaga yetmoq, biror oqibatga kelmoq. Ahvol shungacha bordi. Otabek yorilish darajasiga borib qaytdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bir o‘zingiz kuchanganingiz bilan uzoqqa bora olmaysiz. S. Siyoyev, Yorug‘lik

13. 13. O‘tib, kechib, muayyan pallaga, vaqtga yetmoq (vaqt haqida). Tong otarga borib, ko‘zi yoridi. Ko‘chalarda nayzabozlik jangi boshlanib ketdi yarim kechaga borganda, ikki tomon aralashib ketdi. A. Qahhor, Asarlar
Bemor yana ko‘zini yumdi, shu yumganicha ochmadi — saharga borib uzildi. A. Qahhor, Asarlar

14. 14. Ma’lum yoshga kirmoq, yetmoq. Solih Maxdum o‘ttizga borganda, maktabdorligi ham yaxshigina shuhrat topadi A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Do‘ppifurush — ellikka borib qolgan odam. A. Qahhor, Asarlar
Katta — o‘gay qaynona, yoshi oltmishlarga borgan, semiz, zabardast, dimog‘dor kampir edi. Oybek, Tanlangan asarlar

15. 15. Yetakchi fe’l ifodalagan ish-harakatning:

16. 16. 1) darajama-daraja rivojlanishini, kuchayib ortishini bildiradi. Qor va shamol kuchaya bordi. Oybek, Tanlangan asarlar
Hozir kosib bilan dehqonning sabr kosasi to‘lib boryapti. S. Siyoyev, Yorug‘lik
G‘azal intihosiga yetgan sari Avazning chehrasi yorishib borardi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Serquyosh o‘lkamiz xalqimizning bunyodkorlik mehnati tufayli tobora go‘zallashib bormoqda. Gazetadan
Dushman tang ahvolda qolgan, qurshov halqasi tobora torayib borardi. Gazetadan

17. 17. 2) davomiyligini bildiradi. Nima bo‘lsa ham, tevaragidagi ko‘klam bezaklarini ko‘zdan kechira boradir. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Maston uni orqasidan suyab bordi. A. Qahhor, Asarlar
Matqovul aka odamlar orasidan asta o‘tib bordi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

18. 18. 3) tugallanganligini bildiradi. Zaynab juda ishongan holda o‘z uyiga yetib bordi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Yon-boshdagi xonani taqillatmasdan kirib bordi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Uch kun deganda shaharga kirib bordim. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

19. 19. Jo‘nalish kelishigi shaklidagi ayrim mavhum otlar bilan ishlatiladi va ma’nosiga ko‘ra bosh kelishik shaklidagi ayni shunday otlar bilan kelgan qilmoq so‘ziga to‘g‘ri keladi. Andishaga bormoq —andisha qilmoq. Tohirjon bolaligiga borib, tixirligini qo‘ymadi. N. Maqsudiy, Umidli bola
Juvon bu gapni hazil aralash aytdimi, chin aytdimi — Sidiqjon farqiga borolmadi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Bo‘taboy hovlidagi supada chalqancha yotib, ming xil xayollarga boradi. S. Ahmad, Hukm
Kelganim unga yoqmadi shekilli, degan andishaga ham bordi. Oybek, Tanlangan asarlar

20. 20. Qo‘shma fe’l tarkibiga kiradi. Borib yetmoq, bora kelmoq. O‘zbek oyim o‘rta eshikka borib yetmagan ham edi, narigi yoqdan qo‘shnining bolasi yugurib kirib qoldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: yo‘q

1. bor I Modal
mavjud: Borliq, boricha, bari, baribir, bor-yo‘g‘i.

2. bor II hisob so‘z
marta, daf’a, karra

3. bor III Ot
kimyoviy element

4. bor IV Fe’l
biror yerga yo‘nalmoq; davom etib turmoq

5. bor V Ko‘makchi fe’l
“davomli yo‘nalish” grammatik ma’nosini qo‘shadi

Paronimi: mavjud emas.

Iboralarni o‘z ichiga oluvchi bu fililogik lug‘at B.Mengliyev, M.Xudoyberdiyeva va O.Boymatovalar tomonidan tuzilgan, maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan, 2006-yil “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan.

Lugat maqolalari alfavit tartibida tuzilgan, unda mingga yaqin iboraga qisqacha nutqiy izoh berilgan.

Iboralar birdan ortiq variantga ega bo‘lsa, ular ketma-ket vergul bilan ajratilgan holda berilib, so‘ngra izohlangan:

Avra-astarini ag‘dardi, avra-astarini qoqdi, avra-astari so‘kildi, avra-astari qoqildi – barcha kirdikorlarini ochib tashladi.

Avj oldi, avjiga mindi, avjiga chiqdi – 1) rivojlandi 2) zo‘raydi, kuchaydi.

Fe’llar o‘quvchilarga qulaylik maqsadida asosan yaqin o‘tgan zamon shaklida berilgan.

1. bir qoshiq suv bilan yutib yuborguday: beqiyos go‘zal, nihoyatda dilrabo

2. e’tibor berdi: diqqat bilan qaradi

3. e’tibor qozonmoq: obro‘-hurmatga ega bo‘lmoq, yaxshi nom chiqarmoq.

4. e’tibor topmoq: obro‘-hurmatga ega bo‘lmoq, yaxshi nom chiqarmoq.

5. esi bor: fikr-mulohaza yuritish qobiliyati yaxshi

6. har xil xayolga bormoq: 1.shubhalanmoq, yomon fikrga bormoq. 2.biror narsadan tashvishlanmoq; xavotir olmoq.

7. jon bor: asosga ega, zamirida haqiqat bor, bejiz emas

8. joni bor: hali tirik

9. jonini jabborga berdi: bor kuchini safarbar qildi

10. jonining boricha: kuch -quvvati yetganicha, tirishib

11. ko‘ngli bor: moyil, xayrixoh, sevadi

12. ko‘ngli bormadi: hohlamadi

13. nari borib, beri keldi: juda qattiq azoblandi

14. nari borsa: ko‘pi bilan, ortig‘i bilan hisoblanganda

15. nari-beriga bordi: xafalashdi, janjallashdi

16. og‘zi bormadi: biror andisha-mulohaza bilan aytishni ma’qul ko‘rmadi

17. pichingida ham jon bor: pichingida ham jon bor

18. qo‘li bormadi: nimanidir qilmaslikka undovchi his–tuyg‘uning ta’sirida biror faoliyatga kirisha olmaydi

19. san-man ga bormoq: janjallashuv, tortishuv darajasiga yetdi

20. tili bormadi: biror andisha mulohaza bilan aytishni ma’qul ko‘rmaydi

21. uzoqqa bormaydi: Ko‘p davom etmaydi, tez fursatda barham topadi, tamom bo‘ladi

22. yuzini ochib yubormoq: uyalmaydigan qildi

1. Agar – magar – basharti – mabodo – bordiyu
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Ahamiyatli – e’tiborli – muhim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha doirasining keng-torligiga ko‘ra)

3. Beg‘ubor – toza – sof – musaffo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

4. Bor – jo‘na – yo‘qol – yo‘qolib ket – daf bo‘l – qorangni o‘chir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgidagi salbiylikning ortib borishiga ko‘ra )

5. E’tibor – hurmat – ardoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

6. E’tibor – hurmat – ardoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajad ifodalashiga ko‘ra)

7. Hamma – barcha – bari – butun – bor – jami – butkul – tamom – bor-yo‘q.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

8. Ko‘lmak – hovuz – suv ombori – ko‘l – dengiz – okean
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

9. Oila – guruh – jamiyat – tabiat – borliq
Ma’nosiga ko‘ra
(tashkil etuvchilari ko‘lamining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

10. Toza – ozoda – pok – pokiza – sof – musaffo – beg‘ubor – g‘uborsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.