Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qat}
So‘z bo‘g‘inlari: qat
Izoh(lar)i:
qat [qat ] I

1. Qavat-qavat yoki qatlam-qatlam narsalarning xar bir qavati, qatlami. To‘rt qat buklangan ko‘rpacha.◆Azmiddin bir varaq qog‘ozdagi bir necha qat buklangan xatni olib, chiroq shu’lasiga tutib, ko‘zdan kechirdi. H. G‘ulom, Mash’al.

2. Taxlangan, buklangan narsalarning orasi. Ko‘rpaning qati.◆Hojimat bel-bog‘ining qatidan qog‘oz chiqazib tashladi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar.

3. Ma’lum qalinlikdagi yoyiq narsalar qatlami, qavat. Bir bechoraning chekkan xo‘rligini o‘ylab, har kuni bir qat etdan tushaman. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar.

4. kam qo‘ll.Sahifa, varaq. Varaqlanar yetimlikning daftarin qati. G‘, G‘ulom.

5. Sh. Xolmirzayev, To‘lqinlar kam qo‘ll. ayn.Qator 1.

6. Marta, karra, qatla. Biroq uning tashvishi ikki qat oshdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: marta [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: qad qomat

O‘zbek tilidagi turkiy so‘zlar o‘z qatlam deyiladi: men, sen, biz, o‘qi, oq, ket, bir, besh. O‘z qatlamga oid so‘zning muhim belgisi quyidagilar: 1) bu qatlamga oid so‘zning o‘zagi asosan, bir-ikki bo‘g‘inli bo‘ladi: ol, ber, qol, ota, uka, qo‘y, echki kabi; 2) bir bo‘g‘inli so‘z ko‘proq undosh+unli+undosh shakliga ega: kun, kul, bo‘l, qil; 3) ikki bo‘g‘inli so‘z ko‘proq ochiq bo‘g‘indan tuziladi: ikki, olma, ola, ota; 4)so‘z r, l, v, h, ts tovushi bilan boshlanmaydi; 5) so‘z oxiri e, u, o unlisi bilan tugamaydi (undov, taqlid so‘z, de fe’li bundan mustasno); 6) so‘z tarkibida sirg‘aluvchi j, bo‘g‘iz h, qorishiq ts tovushi uchramaydi (undov va taqlid bundan mustasno); 7) so‘zda ikki unli yonma-yon kelmaydi: saodat, baayni, mutolaa, maorif kabi; 8) sof o‘zbekcha qo‘shimcha undosh bilan boshlanadi: -chi, -li, -lik, -la kabi. 9) f, d kabi yumshoq va lab-tish v undoshi sof o‘zbekcha so‘zga xos emas: daftar, dard, dil, dunyo, falak, vagonkabi; 10) fe’l, son, taqlid so‘z faqat o‘z qatlamga mansub; 11) o‘z qatlamga mansub so‘z o‘zagi alohida talaffuz qilinganda, tovush o‘zgarishi yuz bermaydi. O‘zak holida tovush o‘zgarishiga uchragan so‘z o‘zlashma qatlamga mansub: go‘sht, dard, hukm, daftar, kitob kabi; 12) boshqa tildan o‘zlashgan so‘z asosida shu tilda yasalgan so‘z ham o‘z qatlamga mansub bo‘ladi: kitobxona, nonchi, ma’rifatli, kompyuterchi kabi; 13) o‘z qatlam so‘zi tutuq belgisi bilan yozilmaydi.

 

 

O‘zlashma qatlam qarindosh bo‘lmagan tildan kirib kelgan so‘z:kitob, daftar, non, ma’rifat, telefon, kompyuter. O‘zbek tilidagi o‘zlashma so‘zning asosiy qismini fors-tojik, arab tilidan o‘zlashgan hamda ruscha-baynalmilal (xalqaro) so‘z tashkil qiladi. O‘zbek tilidagi fors-tojikcha so‘zni fonetik ko‘rinishiga ko‘ra o‘zbekcha so‘zdan farqlash qiyin. Lekin ayrim muhim belgisi mavjud: 1) sirg‘aluvchi j tovushi fors-tojikcha so‘zda uchraydi: mujda, gijda, mujgon kabi; 2) so‘z oxirida undosh qator keladi: taxt, baxt, dard, go‘sht, farzand, daraxt kabi; 3) o unlisi cho‘zib aytiladi: non, darmon, bahor kabi. Lekin buning barchasi ham asosiy belgi bo‘lolmaydi.

O‘zbek tilida arabcha o‘zlashma ham talay. Uning muhim belgisi: 1) tutuq belgili so‘z arab tiliga mansub (ruscha-baynalmilal (xalqaro) so‘z mustasno); 2) ko‘plik qo‘shimchasi so‘z oldida bo‘ladi: xulq-axloq, she’r-ash’or, xabar-axbor kabi. 3)-ot, -at, illo, ullo, iy, viy unsuri bilan tugagan so‘z arab tiliga xos: axborot, hayvonot, nabotot, shaxsiyat, tabiat, Abdullo, adabiyot, oilaviy, ilmiy kabi; 4) arabcha so‘z tarkibida g, j, ch, p, ng tovushi uchramaydi; 5) so‘z boshida -ik, -iq, -ak, -mu, -ma unsuri bo‘ladi: ikrom, iqror, akram, muallim, maktab, mahorat kabi.

O‘zbek tili leksikasi tarkibi quyidagicha bo‘lgan: 1923- yildao‘zbekcha so‘z 61%, arabcha-forscha so‘z 37,4 %, ruscha-baynalmilal so‘z 2 %, 1940- yildao‘zbekcha so‘z 69 %, arabcha-forscha so‘z 25 %, ruscha-baynalmilal so‘z 25 %.

Turkiylar ham boshqa tilga ko‘plab so‘z bergan. Masalan rus tiliga: chugun, tovar, kirpich, utyug, aliy, bumaga, topor, yarlik, bara, karakuli, arik, djugara, xirman, dengi, altin, izumrud, jemchug, bazar, kazna, chulok, karman, tulup, sarafan, kaftan, yapancha, tyubeteyka, xalat, kolbasa, kavardak, shurpa, plov, kumis, ayran, jir, arbuz, vishnya, uryuk, ayva, kumach, churek, xalva, alcha, injir, Barsunov, Baskakov, Tolmachov, Turgenev, Saltikov, Polivanov, Arkacheyev, Chirikov, Saratov, Yessentuki, Berdichev, Arbatskaya kabi.

1. diqqat bo‘lmoq: bo‘g‘ilmoq, siqilmoq; zerikmoq.

2. diqqati oshmoq: bo‘g‘ilmoq, siqilmoq; zerikmoq.

3. ko‘ngli qattiq: rahm-shafqati yo‘q

4. non-qatiq bo‘lmoq: kim kim bilan ayn. osh-qatiq bo‘lmoq q. osh-qatiq.

5. og‘ziga qatiq ivitdi: mutlaqo gapirmadi, suhbatda mutlaqo qatnashmaydi

6. qattiq ko‘ngil: rahm-shafqati yo‘q

7. qattiq turdi: o‘z aytganining amalga oshishini qat’iy talab qildi

8. so‘zida qattiq turdi: o‘z fikrini o‘tkazishga intilib qaysarlik qildi

9. toqati toq bo‘ldi: sabr chidami tugadi

10. turna qator, turnaqator: Qator bo‘lib tizilgan, birining ketidan biri

1. Berahm – shafqatsiz – qahrli – zolim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchliligiga ko‘ra )

2. Qiyin – mushkul – mahol – og‘ir mashaqqatli – sermashaqqat – amrimahol – dushvor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada

3. Ranjimoq – diqqat bo‘lmoq – xunob bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

4. Rostgo‘y – haqgo‘y – haqiqatgo‘y
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

5. Shafqat – rahm – omon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

6. Shariat – tariqat – ma’rifat – haqiqat
Ma’nosiga ko‘ra
(tasavvufiy bosqichlarning joylashuviga ko‘ra)

7. Sodiq – sadoqatli – vafodor – fidokor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

8. Sut – qatiq – chakki
Ma’nosiga ko‘ra
(mahsulotning o‘zgarish holatiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.