1. Yangidan, boshqatdan, yana (avval mavjud bo‘lgan harakat, holatning davomi, yangidan yuz berishi ma’nosida).
— Saodatxon endigina yopgan zontini qayta ochdi.
S. Zunnunova, Yangi direktor.
1. Yangidan, boshqatdan, yana (avval mavjud bo‘lgan harakat, holatning davomi, yangidan yuz berishi ma’nosida).
— Saodatxon endigina yopgan zontini qayta ochdi.
S. Zunnunova, Yangi direktor.
1. Biror sistemani yangilik asosida o‘zgartish, o‘zgartishlar bilan qaytadan tuzish.
O‘rta va oliy maktablarni qayta qurish uchun ma’lum vaqt va katta ish talab qilinadi.
Gazetadan.
2. Takror holda, takroran, yana.
G‘afur G‘ulom bilan bir ko‘rishganimcha, qayta uchra-shishga jur’at qilolmay yurardim. Shukrullo,
Javohirlar sandig‘i.
2. Takror holda, takroran, yana.
G‘afur G‘ulom bilan bir ko‘rishganimcha, qayta uchra-shishga jur’at qilolmay yurardim.
Shukrullo,Javohirlar sandig‘i.
3. Avvalgisidan farqli holda, ma’lum o‘zgarishlar bilan; boshqatdan.
Navoiy bu binoni qayta ishlatgan: birinchi marotaba sharq naqqoshligiga xos rang-barang naqshin gullar bilan bezatgan.
Mirmuhsin, Me’mor.

4. snq.(sonlar bilan) Marta, karra.
U choqlarning lazzatini shunda yana bir qayta yalagandek, lablari titradi, yuragi urdi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
4. snq.(sonlar bilan) Marta, karra.
Pulni ikki qayta sanamoq.U choqlarning lazzatini shunda yana bir qayta yalagandek, lablari titradi, yuragi urdi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
5. ayn.Qaytaga.
Kutilgan payt keldi. Lekin yomg‘ir va shamol bo‘lgani qayta yaxshi bo‘ldi.
P. Tursun, O‘qituvchi.
5. ayn.Qaytaga.
Kutilgan payt keldi. Lekin yomg‘ir va shamol bo‘lgani qayta yaxshi bo‘ldi.
P. Tursun, O‘qituvchi.
6. Ishlab, tuzatish, o‘zgar-tishlar kiritish, shu maqsadda ishlov berish. qayta ishlash
Asarni qayta ishlash. Maqolani qayta ishlash.O‘girish ishida kinostudiyaning montaj, ovoz, filmni qayta ishlash hamda murakkab syomka sexlari faoliyat ko‘rsatadi.
G‘. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish.
7. Yangi mahsulot olish maqsadidagi ish(lar)ni amalga oshirish.
Xomashyoni qayta ishlash. Neftni qayta ishlash.Bir gramm sof radiy olish uchun bir necha tonna uran rudasini qayta ishlashga to‘g‘ri keladi.
Fan va turmush.
9. Binoni qayta qurish; Ma’lum o‘zgartishlar kiritib, qaytadan qurish.