Egalik shakli – tilimizda ismlarga qo‘shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi, xususiyat, harakat-holatning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildiradigan shakllar tizimi. Egalik shaklipredmethodisaning qaysi shaxs va songa qarashli ekanligini bildirib, o‘zi birikkan bosh so‘zni qaratqich kelishigidagi ergash so‘zga bog‘laydi: mening kitobim. Ergash so‘z bo‘lmaganda ham egalik shakli narsaning kimga tegishliligini ko‘rsatadi: (mening) Ukam keldi.
Egalik qo‘shimchasi unli yoki undosh bilan tugagan so‘zga qo‘shilishiga qarab ikkitadan fonetik variantga ega:
Mening
|
kitob
|
im
|
uka
|
m
|
Sening
|
ing
|
ng
|
Uning
|
i
|
si
|
Bizning
|
imiz
|
miz
|
Sizning
|
ingiz
|
ngiz
|
Ularning
|
i//lari
|
si//lari
|
Uslubiy belgilari. 1. Egalik ko‘shimchasi qaratqich kelishigi qo‘shimchasining mavjudligini, qaratqich kelishigi qo‘shimchasi esa egalik qo‘shimchasining mavjudligini ko‘rsatib turadi: maktab hovlisi, bizning maktab.
2. Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlari tarkibidagi III shaxs egalik shakli shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Shu sababli bunday birikmalarda oldingi qism qaratqich kelishigida qo‘llanmaydi: Mustaqillik ko‘chasi, Dehqonobod tumani, Qarshi davlat universiteti, o‘zbek tilshunosligi kafedrasi.
3. III shaxs birlik va ko‘plikdagi egalik shakllari ayrim ravish va modal so‘zlar tarkibida yaxlitlanib qolgan: kechasi, kunduzi, tunlari, chamasi, ochig‘i, yaxshisi.
4. Egalik (qarashlilik) ma’nosi -nikiqo‘shimchasi yordamida ifodalanishi ham mumkin, faqat bu qo‘shimcha shaxs-son ko‘rsatmaydi: maktabimiz– maktabniki.
5. Qaratqichli birikmada shaxs almashib qo‘llanishi ham mumkin: Mening uyim shu yerda – Kaminaning uyi shu yerda.
6. Egalik shaklini ko‘proq ot xususiylashtirgan, biroq egalik shakli istagan mustaqil so‘z, hatto taqlid, undov so‘zlarga qo‘shilib ularni boshqa so‘zlar bilan munosabatga kirita oladi. Shuning uchun ham u – ismlarning munosabat shakli.
7. Egalik qo‘shimchasi I va II shaxs ko‘plikda belgisiz ishlatilishi, ya’ni tushirib qoldirilishi mumkin. Bu qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bo‘lishini shart qilib qo‘yadi: bizning ayvon, sizning oila, sizlarning maktab, bizlarning shahar.
8. Sifatdosh va harakat nomi tarkibidagi egalik shakllari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi: o‘qiganim, borishim. Shuning uchun qaratqich kelishigidagi shaxs bildiruvchi so‘zning qo‘llanishiga ehtiyoj bo‘lmaydi.
- 1. Eshik, qishloq, yutuq, kapalak kabi ikki va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, o‘zak oxiridagi jarangsizning jaranglilashuvi kuzatiladi: eshigi, qishlog‘im, yutug‘ing, kapalagi. Nok, chok kabi bir bo‘g‘inli so‘zlar, idrok, ishtirok kabi ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda bu holat kuzatilmaydi.
2. Qorin, singil, burun, shahar, zahar kabi ikki bo‘g‘inli so‘zlarga egalik shakli qo‘shilganda ikkinchi bo‘g‘indagi i, u, a unlilarining tushib qolishi kuzatiladi: Qorni, singlim, burning, shahri, zahri.
3. Haq, his kabi o‘zlashma so‘zlarga egalik shakli qo‘shilganda tovush ikkilanishi yuz beradi: haqqi, hissi.
4. parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzokabi arabiy va forsiy so‘zlarga I, II shaxs egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda y tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: parvoyim, obro‘ying, mavqeyim, mavzuyi, avzoyim. III shaxs egalik shakli parvo, obro‘, mavqe, avzo so‘zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so‘zlariga -si tarzida qo‘shiladi.