Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {iflos} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: if-los-lash-moq
Izoh(lar)i:
iflos sf

1. 1. Nopok narsalar bilan bulg‘angan; bulg‘anch. Iflos hovli. Iflos ariq. Otxona ichidan iflos kurak va supurgi ko‘tarib Jo‘ra chiqdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Kir bosgan; kir, isqirt. [Hammollarning] Belida, yelkasida uzuq-yuluq arqon, kiyimlari juldur, iflos. Oybek, Tanlangan asarlar

3. ko‘chma hma Har qanday yomon, qalb ishga yuradigan; nopok. Iflos odam. Yo‘qol, dedim, yo‘qol, tulki! Kolxozimizda sendek ifloslarga non yo‘q! Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

4. 4. Shunday odamga nisbatli haqoratni bildiradi; yaramas, razil, palid. [Cho‘pon soziga:] Tufu, iflos! Hali senmi shuncha xotin bilan tag‘in birovlarning haramiga ko‘z soladigan?! Hamza, Maysaraning ishi

5. 5. Odobdan tashqari; yaramas, yomon. U uyning u yog‘idan bu yog‘iga betoqat yurib, iflos gaplarni og‘ziga to‘ldirib so‘kindi. H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: pok [f-t], pokiza [f-t], toza
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.