Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {isliqi}
So‘z bo‘g‘inlari: is-li-qi
Izoh(lar)i:
isliqi ot

1. 1. Iflos holatli (ko‘rinishli); isqirt. — Qazisan, qartasan, axir aslingga tortasan — dedi kampir omborni qulfla-yotib, — Uvada, isliqi to‘n, chilvir belbog‘ning xumorisi tutgandir! A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
U [o‘gay ona] murdasho‘ylardan chiqqan isliqi kiyimlarni, bilmadim, qayerdan topib keltirib, meni ularni kiyishga majbur qilardi. S. Ayniy, Esdaliklar

2. 2. Shunday odamga nisbatli haqoratni bildiradi. — Boy o‘lgudek xasis, isliqi edi. Taom desak, tishingning kirini so‘r, der edi, — dedi bobo. A. Hasanov, Yasharish

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: iflos [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Iflos – isqirt – irkit – isliqi – iqna – ivirsiq – nopok
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.