1. din. in. Shariat hukmiga muvofiq yeyish, ichishga, foydalanishga yaramaydigan, halol emas.
Eshakning kuchi halol, go‘shti harom deganlaridek
▬
U Ashir bilan qo‘l berib so‘rashishga hazar qilibdi. Chunki Ashir cho‘chqaboqar-da! Balki cho‘chqa shariatda harom maxluq hisoblangani uchun undan hazar qilgandir.
S. Anorboyev, Oqsoy
2. 2. Shariat bo‘yicha, an’ana yoki tartib-qoidalarga ko‘ra man etilgan ish, xatti-harakat; shu yo‘l bilan topilgan narsa; hayotida shunday yo‘l tutuvchi kimsa.
To‘g‘ri bo‘l, haromdan hazar et, degansiz. Yig‘lab turgan g‘aribning yoniga kir, ko‘nglini ol, degansiz.
S. Siyoyev, Avaz
Jinoyatchilik yo‘li bilan topgan harom pulingiz hisobiga yegan ovqatlarimizdan hali ham o‘qib yuribmiz.
Mushtum
Shunaqa harom odamlar o‘z egalariga yaxshi xizmat qiladilar
Mirmuhsin, Me’mor
3. s. t. t. Jinsiy munosabatdan so‘ng g‘usl qilmagan, cho‘milmagan.
4. 4. Foydalanish mumkin bo‘lmagan, esiz ketgan narsalarga nisbatan qo‘llanadi.
U bu majlisga Saidg‘ozi bilan birga kechalari uyqusini harom qilib tayyorlandi.
S. Anorboyev, Oqsoy
yo haftada bir keladigan dam olish kunini ham haromga chiqarib, bozor-o‘char qilsinmi?
T. Alimov, Ishqilib, o‘qimagan bo‘lsin-da
Endi bu yerlar bizga harom bo‘libdi, Bu arab yurtida bizga nima bor?
Bahrom va Gulandom