1. 1. Nopok narsalar bilan bulg‘angan; bulg‘anch.
Iflos hovli. Iflos ariq.
▬
Otxona ichidan iflos kurak va supurgi ko‘tarib Jo‘ra chiqdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Kir bosgan; kir, isqirt.
[Hammollarning] Belida, yelkasida uzuq-yuluq arqon, kiyimlari juldur, iflos.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. ko‘chma hma Har qanday yomon, qalb ishga yuradigan; nopok.
Iflos odam.
▬
Yo‘qol, dedim, yo‘qol, tulki! Kolxozimizda sendek ifloslarga non yo‘q!
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
4. 4. Shunday odamga nisbatli haqoratni bildiradi; yaramas, razil, palid.
[Cho‘pon soziga:] Tufu, iflos! Hali senmi shuncha xotin bilan tag‘in birovlarning haramiga ko‘z soladigan?!
Hamza, Maysaraning ishi
5. 5. Odobdan tashqari; yaramas, yomon.
U uyning u yog‘idan bu yog‘iga betoqat yurib, iflos gaplarni og‘ziga to‘ldirib so‘kindi.
H. G‘ulom, Mash’al