Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zo‘r} - ay ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Zamon qo‘shimchalari Sintaktik shakl yasovchi;Ravishga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: zo‘-ray-moq
Izoh(lar)i:
zo‘r [zo‘r ]

0. Katta mahoratga, tajribaga ega bo‘lgan; o‘z ishi, kasbining ustasi bo‘lgan, mohir, kuchli; zabardast. Toshkentda zo‘r olimlar ko‘p. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

1. Mazmun jihatdan pishiq-puxta, qiziqarli; sifat, maza jihatdan afzal, yaxshi. Zo‘r kitob. Zo‘r spektakl. Zo‘r olma. Zo‘r palov. -

1. Katta mahoratga, tajribaga ega bo‘lgan; o‘z ishi, kasbining ustasi bo‘lgan, mohir, kuchli; zabardast. Qishlog‘imizda bir boboy bo‘lardi. Zo‘r tabib edi, — dedi Majid. Nazarmat, Jo‘rlar

1. Mazmun jihatdan pishiq-puxta, qiziqarli; sifat, maza jihatdan afzal, yaxshi. Zo‘r kitob. Zo‘r spektakl. Zo‘r olma. Zo‘r palov. -

1. Kuch-quvvat, qudrat; ta’sir. Amaki bo‘lsa, o‘shanda pulning zo‘ri bilan o‘g‘lini mardikorlikdan qutqarib qoldi. Yo. Xaimov, M. Rahmon, Hayot-mamot

2. Urinish, harakat. Zo‘ri behuda belni sindiradi. Maqol

3. Kuchli, shiddatli zarb; kuchlilik. — O‘-o‘, — dedi Elmurod bosh chayqab, — kaltakning zo‘rini mengina yeymanmi desam, sen ham yer ekansan, boyoqish. P. Tursun, O‘qituvchi

4. Zo‘rlik, zo‘ravonlik. [Mansur jahl bilan:] Xayr, mayli, ixtiyoring. Zorimiz bor, zo‘rimiz yo‘q. Z. Said,N. Safarov, Tarix tilga kirdi

5. Katta jismoniy kuchga ega bo‘lgan, baquvvat, zabardast. — Odamning qo‘lidan kelmaydigan hech bir ish yo‘q, — dedi Saodatxon, — odam hamma narsadan zo‘r. S. Zunnunova, Yangi direktor

6. Iqtisodiy jihatdan baquvvat, qudratli; katta iqtisodiy kuchga ega bo‘lgan. — Shunchalik zo‘r xaridorlari turgan bir zamonda bu vazifaning menga kelib to‘xtaganiga hanuz aqlim bovar qilmaydir,— dedi Anvar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

7. Katta, ulkan, buyuk; kuchli. Olimjondan zo‘r-zo‘r umidlar kutgan muallim hazratlari Ahmadjon bilan ikkisini o‘z hujralariga chaqirdi. Hamza, Tanlangan asarlar

8. Kuchli, shiddatli; keskin. Zo‘r shamol. Zo‘r zilzila. -

9. Og‘ir, qattiq, iztirobli. Hammaning yuzidan, harakatidan zo‘r bir musibat aks etar edi. A. Qahhor, Qo‘shchi-nor chiroqlari

Sinonim(lar)i: katta , avjlanmoq , kuchaymoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.