Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kuchsiz}
So‘z bo‘g‘inlari: kuch-siz
Izoh(lar)i:
kuchsiz sf

1. 1. Jismoniy qobiliyati past, kuch-quvvati nisbatan oz; zaif. — Burnidan tortsa yiqiladigan, kuchsiz, xunukkina kishi — bazzoz Abdulxoliqboy — qoshini chimirib, ingichka, xotinchalish ovozi bilan gapga aralashdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Biror ish qilish yoki ishlab chiqarish qobiliyati, quvvati boshqalardan past, oz; quvvatsiz. Kuchsiz motor.

3. 3. Iqtisodiy jihatdan kamquvvat, hol-qudrati nisbatan past, oz. Hukumatga chap berib, kuchsiz xo‘jaliklarning badaniga zulukday yopishib olgan mana shunaqa odamlarning tanobini tortish kerak. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. 4. Ta’sir kuchi past; bo‘sh. Kuchsiz dori.

5. 5. Zuhur etish darajasi past, oz; sekin yoki sust yuz beradigan; zaif. Kuchsiz ovoz. Kuchsiz shamol. Kuchsiz portlash. Do‘llar to‘g‘risidagi beshinchi chiroq; titrab-titrab, un gardi o‘tirgan kichkina shishasidan xira, kuchsiz nur sochib turadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
Kampir kuchsiz xurrak torta boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar

6. 6. O‘z ish-hunarini yaxshi bilmaydigan, qobiliyati past; bo‘sh. To‘rtinchi sinfning hammasi eng yaxshi o‘qiydigan bolalar bo‘lsa ham, o‘qishda hamma darslardan kuchsiz, ruschadan esa hech tayyorlamaydigan Mirzajon Latifiy degan ham bor edi. P. Tursun, O‘qituvchi

7. s. t. t. Tarkibida o‘g‘it moddalari kam; unumsiz, oriq. Yer kuchsiz bo‘lganidan keyin, darmonsiz tanga yopishadi-da har xil dard. S. Nurov, Narvon

8. 8. Kam kaloriyali, yengil. Kuchsiz ovqat.

Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kuchsiz – kamquvvat – zaif – nimjon – ojiz notavon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.