Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nimjon}
So‘z bo‘g‘inlari: nim-jon
Izoh(lar)i:
nimjon [nim-jon ]

1. Kuch-quvvati kam; zaif, nozik. U Anzirat xola oltmishlarga borib qolgan, nimjon, yuzi juda burishgan bo‘lsa ham, qizil, tovushi mayin va yoqimli bir kampir edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. Zaif, nozik, hali o‘zini tutib olmagan, yaxshi rivojlanmagan. Qator-qator o‘tqazilgan yosh va nimjon nihollar endigina yaproq chiqargan edilar. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

Sinonim(lar)i: kuchsiz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kuchsiz – kamquvvat – zaif – nimjon – ojiz notavon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.