Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zaif} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: za-if-lash-moq
Izoh(lar)i:
zaif [za-if ]

1. Jismonan quvvati kam, bequvvat, nimjon, kuchsiz. Gulchehra Sultonning titroq bosgan zaif qo‘llarini qaynoq yosh tomchilari bilan yuvilayotgan yuziga bosdim. Xayrullayev, Tilla marjon

2. Tembr jihatdan baland, kuchli bo‘lmagan; kuchsiz, past. G‘ulomqodirning ovozi juda zaif chiqdi. Sharq yulduzi

3. Iqtisodiy yoki harbiy jihatdan nochor, kambag‘al. Siz ko‘rayotgan gigant yonida iqtisodiy zaif xo‘jaliklar tiralib yotsa, bu nomutanosiblikni bizdan keyingi avlodlar kechirarmikan? A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat

4. Unchalik ko‘p bo‘lmagan, juda oz; xira. Sariq, moyli qog‘ozdan zo‘rg‘a o‘tgan zaif nur to‘quvchi ayollarning tanda ustidagi qo‘llarigagina tushadi. A. Muxtor, Opa-singillar

5. Mahorat nuqtayi nazaridan kuchsiz, bo‘sh; puxta ishlanmagan. Daho ulug‘ shoirning zaif joyini bilib oldi. T. Murod, Qo‘shiq

Sinonim(lar)i: kuchsiz , kuchsizlanmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.