Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kuch} - siz ( Shaxs-son Sintaktik shakl yasovchi ) - lan - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: kuch-siz-lan-moq
Izoh(lar)i:
kuch ot

1. 1. Odam va jonivorlarning o‘z muskullarini ishlatib, jismoniy harakat qilish qobiliyati; jismoniy energiya; quvvat. Jismoniy kuch. Muskul kuchi. Esing borida el tani, kuching borida yer tani. Maqol
Bola kuchi yetsa, chelak sudrab, yetmasa, ko‘ra ko‘tarib, sahnga suv separ edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Kimning bilagida kuchi bo‘lsa, kim ishning havosini olsa o‘sha ilg‘or bo‘laveradi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Mehnat qilish, yaratish, yuzaga keltirish qobiliyati, ish-mehnat. Bir parcha kuygan qora non uchun Yoshlik chog‘ingdan o‘z kuching sotib. Hamza
[Boylar] ko‘klamgacha yuvindi bilan boqadi, olti oy yoz tekinga ishlatadi. Odamning kuchi eshak kuchidin past bahoga tushadi ularga! Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Ma’naviy, aqliy va ruhiy quvvat. Aqliy kuch. Haydar ota kampirning iroda kuchiga ishonmas, shuning uchun hozir Asror-qulning unga ro‘para bo‘lishini istamas edi. A. Qahhor, Asror bobo
Uni to‘xtatib qolishga hech qanday andishaning, hech qanday sevgi va hurmatning kuchi yetmas edi. S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar

4. fiz. iz. Jismlarning o‘zaro mexanik ta’sir etish qobiliyati va uning o‘lchovi. Markazdan qochma kuch. Kuch birligi. Tortish kuchi yoki, boshqacha aytganda, gravitatsiyaning nima ekani hozircha biron olimga oshkor emas. Fan va turmush

5. 5. Quvvat, energiya. Elektrostansiyaning kuchi.

6. 6. Ta’sir qilish darajasi; ta’sir. Dorining kuchi. Bu kungi qora sovuq quyosh kuchinida kesgan edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Ochlik o‘z kuchini ko‘rsatib, uni holdan toydirgan edi. S. Ahmad, Ufq
Bu lahzada aroq Valijonga o‘z kuchini ko‘rsatib qo‘ygan edi. Guldasta

7. 7. To‘yimlilik, quvvat berish belgi-xususiyati, ko‘rsatkichi. Yerning kuchi. Taomning kuchi.

8. 8. Biror ishni amalga oshira bilish imkoni, imkoniyati; hol-qudrat, qurb. Uning avtomashina sotib olishga ham kuchi yetadi. Hambarali akani sotib olgani kuchingiz yetmasa kerak. Miltiq bilan bo‘lmadi, endi pul bilan raxna solmoqchimisizlar? A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

9. 9. Biror sohada va umuman ishlab chiqarishda ishlovchi kishilar. Xotin-qizlar — korxonada katta kuch. Bugun Uzbekistonda birinchi marta qurilayotgan metall zavodiga FZOni bitirgan yosh kuchlar keldi. N. Safarov, Saodatning qissasi
Ko‘chib kelgan zavodlarga qizlarni yubordik: kuchimiz ozayib qoldi, vazifamiz katta, yukimiz og‘ir. I. Rahim, Chin muhabbat

10. 10. Biror ishni amalga oshirishga qaratilgan, biror maqsad uchun foydalaniladigan shaxs yoki narsalar. Dushman desantchilarni dengizga uloqtirib tashlash uchun qo‘shimcha kuch keltirardi. T. Rustamov, Mangu jasorat
Xuroson taxti uchun isyon ko‘targan Mirzo Yodgor ham shu atrofda kuch to‘plagan edi. Oybek, Navoiy
[Biz] Kelishmovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmasdan, o‘z kuchimiz bilan, o‘zaro keng muhokama qilish yo‘li bilan bevosita bartaraf qiladigan bo‘lib qoldik. A. Qahhor, Nutq

11. asosan ko‘plik shaklida) ida) (Harbiy qo‘shilmalar; qo‘shin. Qurolli kuchlar. Tank va motodiviziyalardan yigirma ikkitasi katta havo kuchlarining yordami bilan Kalinin, Oryol, Tulaga qarab bormoqda. I. Rahim, Chin muhabbat

12. asosan ko‘plik shaklida lida Jamiyatning biror belgi-xususiyati, dunyoqarashi va shu kabilar bilan farqlanuvchi qismi. Reaksion kuchlar. Sinfiy kuchlar munosabati. Qora kuchlar.

13. huq. huq. Qaror, qonun va shu kabilarning qo‘llanishi, amali, joriyligi. Qonun kuchga kirdi. Hukm kuchda qoldi. Qaror kuchini yo‘qotdi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: ko‘ch Ko‘chish vaqtida tashiladigan yuk, narsalar.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.