1. Kuch-quvvati normal darajadan ortiq, zo‘r jismoniy kuchga ega bo‘lgan; kuchga to‘la, kuchli.
Baquvvat odam. Baquvvat yigit. Baquvvat ayol. Baquvvat ot.Mirzaboy jismonan ancha baquvvat edi.
Yoshlik
2. Organizm biror qismining sog‘lom, bo‘liq va kuchga to‘laligini ifodalaydi.
Baquvvat qo‘llar. Baquvvat tishlar. Baquvvat yelka. Baquvvat panja. Baquvvat soch.Yigit supa oldida to‘xtab, xaltasini qo‘ydi, uzun, baquvvat qo‘llarini cholga cho‘zdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. Pishiq, mustahkam.
Baquvvat ip. Baquvvat kursi. Baquvvat panjara.Tojini amirzoda haramiga olib borishib baquvvat kursiga o‘tqazib, qo‘l-oyog‘ini unga mahkam bog‘lashdi.
Mirmuhsin, Me’mor
4. Yaxshi o‘sgan, baravj, bo‘liq, yo‘g‘on.
Yo‘ng‘ichqa siznikimi? Yosh ekan hali, juda baquvvat o‘sibdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
5. Harakatlantiruvchi katta kuchga ega, quvvatli.
6. Badiiy jihatdan pishiq, mazmunli.
Dramatik poemada personajlar nutqi she’riy jihatdan baquvvat, aforizmga boy, hayajonli, ta’sirli bo‘lishi kerak.
O‘TA
7. Katta boylikka ega bo‘lgan, badavlat, davlatmand; tayanchi, suyanchig‘i bor.
Tangriqul hoji baquvvat xo‘jalik edi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari