1. 1. Jismoniy qobiliyati, kuch-quvvati nisbatan ortiq; baquvvat.
Kuchli yigit.
▬
Mutal kuchli edi, ammo Otabek undan ham kuchli edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Sen mana shu oltinni ol bir kushik nari qishloqdan ikki ot ol, kuchli, chopqir zotlardan bo‘lsin.
Hamza, Maysaraning ishi
G‘ilay odam shamni tokchaga qo‘yib, kuchli qo‘llari bilan Ahmad Chalabiyning yoqasidan tutdi.
Mirmuhsin, Me’mor.
2. 2. Sog‘lom va yaxshi rivojlangan.
Yuragi kuchli.
▬
Uning [Gulnorning] xayolida yolg‘iz Yo‘lchigina uchadi, fikran u bilan so‘zlashadi, go‘yo yigit kuchli, keng ko‘kragiga uning boshini olib erkalaydi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. fiz. iz. tex. Katta quvvatga ega bo‘lgan; quvvatli.
Kuchli dastgoh. Kuchli mashina, shya Hammasi laboratoriyada kuchli magnit maydon xossalarini o‘rganish uchun yasalayotgan g‘altak yaqinida turganda ro‘y berdi.
O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
Guvullar kuchli motor, Aylanar mashinalar.
Yu, Hamdam
4. 4. Iqtisodiy, moddiy va boshqa jihatdan baquvvat; imkoniyati zo‘r, qudratli.
Kuchli davlat. Kuchli armiya. Kuchli raqib.
▬
Abusaid mirzoning kuchli qo‘shini hozirgi paytda Buxoroga kirib kelishi muqarrar edi.
Mirmuhsin, Me’mor.
5. 5. Ta’sir darajasi yuqori, tez ta’sir qiladigan.
Kuchli dori. Kuchli zarb.
▬
Kuchli dalil bo‘lmasdan, ular bilan olishib bo‘lmaydi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Alif va bo‘yoqning kuchli hididan bo‘lsa kerak, burnini jiyirib olgan.
Mushtum
Qoradori ancha kuchli narkotik modda bo‘lib, u organizmga zararli ta’sir o‘tkazadi.
Gazetadan
6. 6. Zuhur etish, yuz berish darajasi yuqori: qattiq; shiddatli.
Kuchli shamol. Kuchli faryod. Kuchli portlash. Kuchli xo‘rsinish. Kuchli to‘lqin.
▬
Muzloq tog‘ bino bo‘lib bunday kuchli guldurosni eshitmagan edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Ergashev pulemyotidan shunchalik kuchli o‘t ochdiki, hatto pulemyot kojuxidagi suv samovardagidek varaqlab qaynar edi.
N. Safarov, Qaxramonning tug‘ilishi
7. 7. O‘z ish-hunarini yaxshi biluvchi, qobiliyati zo‘r; talantli.
Kuchli o‘quvchi. Kuchli shaxmatchi. Kuchli olim. Kuchli yozuvchi.
▬
— Xivada kuchli tabiblardan shu kishi qoldi — deya Ibrohim ota O‘tar buvani maqtab ketdi.
J. Sharipov, Xorazm
Bu yerga mamlakatimizning turli burchaklaridan eng kuchli chang‘ichilarning tashrif buyurishi quvonchimizga quvonch qo‘shdi.
Gazetadan
8. s. t. t. Tarkibida o‘g‘it moddalari ko‘p, unumdor; semiz.
Sen ham paxta berasan ammo yering kuchli, yangi yer. Azot kerak emas.
I. Rahim, Chin muhabbat
9. 9. O‘sish, rivojlanishni tezlashtiradigan; ko‘p kuch-quvvat bag‘ishlaydigan; to‘yimli, to‘q tutadigan.
Kuchli yem. Kuchli ovqat. Kuchli o‘g‘it.
10. 10. Umuman, darajasi yuqori, yuqori darajali.
Kuchli hissiyot. Kuchli sog‘inch. Kuchli hayajon. Kuchli qiziqish. Kuchli harakat. Piring kuchli bo‘lguncha, biliming kuchli bo‘lsin.
Maqol
Erim qimorboz bo‘lsayam, oriyati kuchli edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Bu xushhol va ochiq ko‘ngil ayolda ko‘zga yaqqol tashlanmaydigan kuchli iroda va mustaqillik yashirin edi.
F. Musajonov, Himmat
Sanjar Siddiqovning talanti, o‘tkir badiiy tafakkuri uning ijodiy izlanishlarida katta kengliklar ochib berdi.
X. Yodgorov, Hayot to‘lqinlari.