Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ittifoq}
So‘z bo‘g‘inlari: it-ti-foq
Izoh(lar)i:
ittifoq ot

1. ot ot Guruh, jamiyat, sinf yoki davlatlarning birlikda ish olib borish uchun tuzgan birlashmasi; birlashma, uyushma. — Axir, barcha temuriylar birlashib, ittifoq tuzsalar bo‘lmasmi? — dedi Nigor xonim. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

2. sft. ft. O‘zaro yaxshi munosabatli; inoq, ahil. Ittifoq oila. Ular bir-biri bilan ittifoq. Ittifoq bo‘lmoq. Ko‘ngillari doim yosh bo‘lsin. O‘zaro do‘st, ittifoq, hamdam, Oilaga bizdek bosh bo‘lsin. H. G‘ulom, Bayram kechida
Ittifoq el sira ko‘rmas xo‘rlikni. Gulixiromon

Antonim(lar)i: noahil , ters , noittifoq
Sinonim(lar)i: inoq [mo‘g‘]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.