Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tentak}
So‘z bo‘g‘inlari: ten-tak
Izoh(lar)i:
tentak ot

1. 1. To‘g‘ri fikr yurita olmaydigan, aqli noraso, esi past. Tentak bola. Tentak to‘rini bermas. Maqol
Ravshanbek shu yerda qip-qizil tentakka chiqib qoldi. Ravshan

2. 2. Aqldan ozgan, telba, devona; jinni. Olti oyda Maryam tentak bo‘lganmish, Eshon eshigida sho‘rlik o‘lganmish. M. Alaviya
Qishda yalangoyoq yurgan kishini ko‘rganlar uni, albatta, tentak bo‘lsa kerak, deb o‘ylaydi. Fan va turmush
Hamshira Ahmadga tentaklarga qaragandek nazar tashladi. F. Musajonov, Himmat

3. 3. Shunday shaxsga nisbatlab, odatda o‘z yaqin kishisiga qarata (erkalash, yengil hazil bilan) aytiladigan so‘z. -Darrov bo‘l. tentak! — dedi kulib Tolib. H. Shams, Dushman
— Voy tentagim-yey. do‘stning do‘stligi kishi boshiga kulfat tushganda bilinadi, qizim! S. Anorboyev, Oqsoy
— Tentak! — dedi Adolat ham jahl, ham erkalash bilan S. Zunnunova, Gulxan

4. ko‘chma kam qo‘ll. ll. Jilovlanmagan, asov, telba. Tentak daryo. Men suvingdan kuch olsam, Tentak yeldan o‘ch olsam. Z. Diyor
Gohida o‘shandoq tentak xayollar Sendan voz kechmak-ka qistaydi hargiz. R. Parfi

Antonim(lar)i: aqlli , esli , oqil [a], aqli raso
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Axmoq – tentak – go‘sxur – devona
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiqligiga ko‘ra)

2. Laqma – go‘l – merov – tentak
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.