Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {aqlli}
So‘z bo‘g‘inlari: aql-li
Izoh(lar)i:
aqlli [aql-li ]

1. Aqli raso; miyali. Aqlli kishilarning sadag‘asi ketsang ham arziydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. Aql bilan vujudga kelgan; fahm-farosatdan, bilimdonlikdan dalolat beradigan. Uning [Davlatyorning] ba’zan lo‘nda va aqlli gaplarini eshitganda, Elmurod huzur qilardi. P. Tursun, O‘qituvchi

3. Ziyrak, fahmli, hushyor (hayvon va qushlar haqida). Davraga e’lonchi chiqib: — Hov, yaxshilar, hozir biz sizlarga nomerlarni: aqlli otlar o‘yinini ko‘rsatamiz, dedi. T. Obidov, Yusufjon qiziq

Antonim(lar)i: ahmoq [a], beaql [f-t+a], tentak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Aqlli – dono – donishmand – mutafakkir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.