1. Aql bilan ish qilmaydigan, aqlga zid, bema’ni ishlar qiladigan, shunday ishlarga yo‘l qo‘yadigan.
Esing kirmadi sen ahmoqning. Boshimizni baloga qo‘yib, o‘zing bu yoqlarda tuproqqa qorishib yuribsan.
S. Ahmad, Ufq
2. Haqorat ifodalaydi.
— Ablah odam ekansan! — dedi [imom]. — Siz ham ahmoq mulla ekansiz! — dedi Safar bo‘zchi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. Laqillatmoq, aldamoq.
Innaykin, ishim bitdi, eshagim loydan o‘tdi, deb o‘zini laqillatib ketaverardim.
Hamza, Boy ila xizmatchi