1. Aqldan ozgan, esi past; telba, savdoyi. Devonadan oy boshi so‘rama. Maqol
2. din. Allohning vasliga yetishish umidida zikr-u samoga berilib, bu dunyo ishlaridan voz kechgan sufiy, darveshsifat odam. Yo huv, yo man huv, pirim Nakshband devona ko‘llasinlar, — deb [kalandar] la’lini olib borib, chosh boshida cho‘kkalab o‘tirgan imomning oldiga qo‘ydi. S. Ayniy, Qullar
3. ko‘chmaBiror maqsad, harakatga tamoman berilib, es-hushdan ajralgan. Ey dilrabo, ishqing bilan devona bo‘ldim sog‘inib. Bulbul kabi tun kechalar giryona bo‘ldim sog‘inib. Hamza
1. Axmoq – tentak – go‘sxur – devona Bo‘yog‘iga ko‘ra (bo‘yoqdorlik belgisining ortiqligiga ko‘ra)
2. Jinni – telba – devona Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)