Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {savdoyi}
So‘z bo‘g‘inlari: sav-do-yi
Izoh(lar)i:
savdoyi sf

1. 1. Aqldan ozgan, telba. — Jinni bo‘libsan! Savdoyi bo‘lib qolibsan! — dedi Salimxon Obidiy unga [xotiniga]. Mirmuhsin, Umid
Hali oq-qorani tanimagan yigitcha bu qiyinchiliklar, vijdon iztiroblari oldida savdoyidek kalovlanib, taqdirning ayovsiz o‘yinlaridan garang bo‘lib qolardi. S. Ahmad, Ufq

2. 2. Biror kimsa, narsa dardida es-hushidan ayrilgan. Uning [Salomatning] ko‘yida savdoyi bo‘lib qolgan edim. N. Qobil, Unutilgan sohillar
Xotinlar: — Bechora chol! Suyukli qizidan ayrilib, savdoyi bo‘lib qoldi! — deb pichirlashar edi. O. Yoqubov, Izlayman
[Bo‘ronboy:] Ishq dardi bedavo dard: ro‘yirost gapirsam, ishq yo‘lida savdoyi bo‘lganman. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tentak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.